Ватанимизнинг юксак мукофоти муборак бўлсин!
Nashr qilingan sana: 07.09.2021 01:28:01“Ўзбеккўмир” акциядорлик жамияти офисида “Дўстлик” ордени билан тақдирланган “Ангрен кўмир кони” филиали экскаватор машинисти Абдураим Сармановни юксак мукофот билан қутлаш маросими бўлиб ўтди.
Маросимда Бирлашган касаба уюшма қўмитаси раиси Абдуносир Қаюмов сўзга чиқди. Абдураим Сармановнинг Ватанимиз мустақиллигининг ўттиз йиллиги арафасида Президент фармони билан юксак мукофотга сазовор бўлгани заҳматкаш кончининг кўп йиллик самарали меҳнати, қолаверса, кўмир саноати ходимлари фаолиятига берилган юксак баҳо эканини алоҳида таъкидлади.
“Дўстлик” ордени соҳибига Ўзбекистон энергетика, нефт-газ ва геология ходимлари касаба уюшмаси қўмитаси республика кенгашининг фахрий ёрлиғи ҳамда эсдалик совғаси тантанали равишда топширилди.


Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yoshlar – halollik posbonlari Korrupsiyaga qarshimiz
Korrupsiya – har qanday jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, iqtisodiy rivojlanishning asoslarini yemiradigan, adolat va halollikka bo‘lgan ishonchni so‘ndiradigan en...
O'qish
Xitoy kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xitoy Xalq Respublikasining “China Coal Resources Development Co. Ltd.” kompaniyasi boshqaruv raisi Lyu Gosheng boshchiligidagi del...
O'qish
Ayol-liderlar hamjamiyatining to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “OKMK hamkorlari” xalqaro ayol-liderlar hamjamiyatining to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘td...
O'qish
Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi
Har bir korxona va tashkilot faoliyatida fuqarolar va yuridik shaxslar bilan samarali va ochiq aloqa ta’minlash har doim ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. “O‘zbekko‘...
O'qish