Xorijiy investorlar bilan uchrashuv
Nashr qilingan sana: 06.12.2024 11:41:24

Joriy yilning 6-dekabr kuni “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida soha mutaxassislari va xorijiy investorlardan iborat ishchi guruh tomonidan “Angren” koʻmir konidagi geologik shart-sharoitlar, yoʻldosh foydali qazilmalar zaxirasi va ulardan foydalanish imkoniyatlari oʻrganildi.
Tushdan soʻng “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori V.V.Kuznetsov, bosh muhandis Z.Oʻ.Inomxoʻjayev ishtirokida "Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati" AJ vakillari hamda xorijiy investorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Angren koʻmir havzasidan qazib olinayotgan foydali qazilma boyliklaridan oqilona foydalanish, xususan kaolindan alyuminiy ajratib olish texnologiyasini yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etish masalalari muhokama etildi.
Oxirgi yangiliklar:
Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan...
O'qish
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish