“Yashil makon”: yana 600 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi
Nashr qilingan sana: 02.04.2024 06:20:51
Joriy yil 29 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu yil bahorda loyiha doirasida hududlarda bog‘lar yaratish, yo‘l bo‘ylarida 10 qatordan nihollar ekish bo‘yicha ishlar boshlanganini qayd etib, bu borada galdagi vazifalarni belgilab bergan edi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham loyiha doirasida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. 16 mart kuni Navro‘zoldi umumxalq hasharida jamiyat korxonalari hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari olib organ konchilarimiz 31 mart kuni bahorgi ko‘chat ekish ishlarini izchil davom ettirdilar.
Bugun Angren shahrida ajratilgan hududlarga yana 600 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Tadbirda jamiyat filiallaridan 100 nafar ishchi-xodim ishtirok etdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish
Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish
Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:...
O'qish
Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish