Yot gʻoyalarga koʻr-koʻrona ergashib qolmang
Nashr qilingan sana: 23.06.2023 08:04:06
Bugun "Oʻzbekkoʻmir" AJda zararli yod gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish, terrorizim, diniy ekstremizim, radikalizim shuningdek, axborot xurujlarida xavfsizlik masalalari mavzusida maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.
"Angren koʻmir koni" filiali markaziy nozimxonasi majlislar zalida jamiyat Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan va kengash raisi Davron Abdurahmonov boshqarib borgan tadbirda jamiyat tizimidagi korxonalar yoshlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda dinga boʻlgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining oʻziga xos inʼikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida oʻz-oʻzini anglashga boʻlgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.
Maʼlumki, bugungi kunda kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez surʼatlardagi taraqqiyoti gʻoyaviy taʼsir oʻtkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki boʻlib, geosiyosiy maqsadlarga boʻysundirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining koʻpayib bormoqda. Bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol sezilayotir, aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, koʻplab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
Afsuslanarlisi, bizning yurtimizdan ham ayrim yoshlar diniy-ekstremistik guruhlarga bilib-bilmay qoʻshilib qolib, ota-onasini qon yigʻlatib Suriya, Iroq kabi fitna oʻchoqlariga ketib qolish yoki boʻlmasa, yot gʻoyalarga koʻr-koʻrona ergashish holatlari kuzatilmoqda.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ yoshlari orasida yot gʻoyalarga qoʻshilib ketishning oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy va diniy vaziyatning barqarorligini taʼminlash, turli diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashni yanada faollashtirish dolzarb hisoblanadi.
Yigʻilishda soʻzga Angren shahar IIB terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimi, mayor Muhsin Suvonov, jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Anorbek Sultonov va boshqalar shu haqida soʻz yuritib, yoshlarni ogohlikka chaqirdilar.
Uchrashuvda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olib, mavzu yuzasidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.
Oxirgi yangiliklar:
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “QMI” filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan k...
O'qish
Siz har qancha ehtiromga munosibsiz, konchi opa-singillar!
Muhtarama opa-singillar! Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va...
O'qish
Teng huquq, munosib mehnat va amaliy g‘amxo‘rlik
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va man-faatlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarid...
O'qish
2025-yil davomida 8 ta innovatsion loyiha amalga oshirildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yil mobaynida innovatsion rivojlanish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning ko‘plab filiallarida qat...
O'qish