Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir
Nashr qilingan sana: 05.04.2024 16:58:09Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Amir Temur — o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir. Uning milliy davlatchilik tarixi, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosi, mardlik, jasorat, adolat, sadoqat hamda vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan fazilatlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki bashariyat uchun ham ibrat namunasidir.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Nosirov olib borgan tadbirda so‘zga siqqanlar yuqoridagi fikrlarni alohida ta’kidladilar.
O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Beknazarov, xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Nosirova hamda teatr aktyori Qobil Umirovlar sohibqiron Amir Temur shaxsi va u tuzgan buyuk saltanat haqida qiziqarli chiqishlar qildilar. Ular ijrosidagi qo‘shiqlar barchada katta taassurot qoldirdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
![image](/images/FDCoUpiCe1dVr0adUxMtbBwclnWLTg8eoSXGPgKE.jpg)
Diqqat: “BelAZ” va “Komatsu” samosvallari haydovchilari kerak!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “BelAZ” hamda “KOMATSU” avtosamosvallarini boshqarish uchun yuqori malakali haydovchilarini ishga taklif qiladi. Aksiyadorlik jam...
O'qish![image](/images/YgCS6vu3sAPdGJVCvsBGoUcvTb0TaNld5z4COand.jpg)
“Koinot” oromgohi mavsumning 2-navbatini boshladi
Bugun “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari farzandlarining navbatdagi katta bir guruhi "Koinot" bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga mavsumning ikkinchi navbatida dam olish...
O'qish![image](/images/fTeVIHq6DX8J5HGShg6IQqh3CN2m2cwUSBCfLBxa.jpg)
“O‘zbekko‘mir AJ aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kenga...
O'qish![image](/images/EKQMNTXlaCxglBC5p1VgiEESfWL6fTe2GTeFNJor.jpg)
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi ijrosi muhokama qilindi
Kon-geologiya vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi 2024-yil 28-iyunkuni Tog‘-kon sanoati va geologi...
O'qish