“Angren” ko‘mir koni bilan tanishuv
Nashr qilingan sana: 18.02.2025 17:19:2018-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Respublikada ko‘mir qazib chiqarish ko‘rsatkichlari va ko‘mir qazib chiqarish hajmi ijtimoiy soha hamda sanoat tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqib, yil sayin ortmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda ko‘mir qatlamlarini baholash va burg‘ilash ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, 2024-yilda respublikada 8,4 mln tonna ko‘mir qazib chiqarildi.
O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “Angren ko‘mir koni” filialida tashkil etilgan matbuot anjumanida yuqoridagi ma’lumotlar keltirib o‘tildi.
Tadbirda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori V.V.Kuznetsov jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Jamiyatda 2024-yilda iste’molchilarga jami 6,4 mln tonna (o‘sish 107,8 foiz), shu jumladan, ijtimoiy soha tashkilotlariga 615 ming tonna, aholiga 1 276 ming tonna mahalliy ko‘mir ortib yuborildi.
Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 11 ta tarkibiy tuzilma mavjud bo‘lib, ulardan uchtasi ko‘mir koni bo‘lib, qolganlari yordamchi korxonalar hisoblanadi. Bugungi kunda 6 ming nafarga yaqin kishi mehnat qilmoqda.
Jamiyatda ko‘mirning asosiy qismi “Angren” va “Apartak” konlarida ochiq usulda qazib olinadi. “Angren” koni O‘zbekistondagi eng yirik ishlab chiqarish korxonasi hisoblanib, bu yerda qattiq yoqilg‘i bilan birga qizg‘ish va kulrang kaolin, shuningdek, ohaktosh ham qazib olinmoqda.
Jamiyat tasarrufidagi konlarda temir yo‘l, avtomobil va konveyer transportidan foydalanilmoqda. 2019-yilgacha ular tasarrufidagi 30, 45 va 110 tonna yuk ortish imkoniyatiga ega “BelAZ” yuk tashuvchi texnikalari mavjud edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4234-sonli “O‘zbekko‘mir” AJ boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash, ko‘mir qazib olish tizimini takomillashtirish, aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida korxonaga 130 tonna quvvatga ega 15 ta “BELAZ-75131” rusumli yuk tashuvchi og‘ir texnika keltirildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan jamiyatga umumiy qiymati 77 mln. dollarga teng kon texnikasi, jumladan, Yaponiyada ishlab chiqarilgan 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 44 ta “Komatsu” avtosamosvali xarid qilinib, ishlab chiqarishga qo‘yildi. Natijada kon ustki qismini avtotransport yordamida ochish hajmlari sezilarli darajada oshdi.
Jurnalistlar “Angren” ko‘mir konida bo‘lib, bu yerda kon ustki qatlamini ochish va ko‘mir qazib olish, saralash saralash va iste’molchilarga yuklash jarayonlari bilan tanishdilar.
“Angren” ochiq konida 1 tonna ko‘mir qazib olish uchun o‘rtacha 8-8,5 kub metr (25 tonnagacha) tog‘ jinsini ko‘chirib 8-12 km olisdagi belgilangan ag‘darmalarga joylashtirish taqazo etiladi.
Press-tur ishtirokchilari ishlab chiqarish bilan bog‘liq savollarig jamiyat mutasaddi mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar.
“Angren ko‘mir havzasidan qazib olinayotgan ko‘mir oson cho‘g‘lanishi va issiqlikni uzoq vaqt ushlab turishi bilan bosh shu xil yoqilg‘ilardan ajralib turadi.
Press-tur jarayonida aholi va byudjet tashkilotlariga mahalliy ko‘mir tarqatuvchi “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mutaxassislari xarid qilingan mahalliy ko‘mir yoqilg‘isini saqlash va foydalanish qoidalari haqida ham ko‘rgazmali tarzda ma’lumotlar berdilar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Termiz universiteti talabalari ‒ “Angren” konida
Joriy yilning 25-aprel kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari “O‘zbekko‘mir” AJ korxonalarid...
O'qish
Telegram botdan foydalanish qoidalarini bilasizmi?
Botlar interaktiv xizmatlarning eng ommaviy shakli bo‘lib, jamoatchilik bilan aloqada muhim rol o‘ynaydi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida jismoniy va yuridik shaxs...
O'qish
HITACHI EX2600 ekskavatori ‒ Angren ko‘mir konida
Hitachi nomi Angren konchilariga begona emas. Uch yil avval 7 kubometrli gidravlik ekskavator “Angren” ko‘mir koniga keltirilgan edi. U ko‘mirni seksion qazib olish va or...
O'qish
Doʻppi ‒ xalqimizning mlliy bosh kiyimi
Har juma kuni Oʻzbekistonda “Milliy liboslar kuni” nishonlanadi. Bu tadbirning maqsadi, milliy kiyimlarni, jumladan, anʼanaviy bosh kiyimimiz doʻppini targʻib qi...
O'qish