Bayrog'imiz boshim uzra boʻlsin doim
Nashr qilingan sana: 16.11.2023 06:17:00Bugun, "Oʻzbekkoʻmir" AJda yaqinlashib kelayotgan 18-noyabr Oʻzbekiston respublikasining Bayrogʻi qabul qilingan kunga bagʻishlab bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirni "Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushmalari qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Davlat ramzlarining hayotimizda tutgan oʻrni, ular oid qonunchilikdagi yangiliklar tadbirning asosiy mavzusi boʻldi.
Bayramning badiiy qismida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod oʻzining ijod namunalaridan ijro etib yigʻilgan konchilarga yuqori kayfiyat ulashdi. Elimiz ardogʻidagi shoir soʻzining davomida korxonamizning zalvorli kasb egalarining mehnatini xalqimiz doim qadrlashini taʼkidlab, ularga iliq tilaklarini bildirdi.
Tadbir soʻngida estrada xonandalari ijrosida konsert dasturi taqdim etiladi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish