Bo‘stonliqda o'tkazilayotgan qishki sport festivalida vakillarimiz ishtiroki
Nashr qilingan sana: 27.02.2024 12:59:02Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Chimyon-chellenj - 2024” qishki sport festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festival ishtirokchilari orasida “O‘zbekko‘mir” AJ yoshlari vakillari ham bor.
Sport ishlari bo‘yicha koordinatorimiz Davron Abdurahmonov boshchiligidagi vakillarimizdan Xojiakbar Jumaboyev, Xolmurod Izatullayevlar sportning voleybol, stritbol, mini futbol, stol tennisi turlari bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatimiz sha’nini himoya qilmoqda.
Xojiakbar Jumaboyevning Bo‘stonliq tumanidan turib xabar berishicha, sport o‘yinlarida vazirlik, idora va yirik korxonalar o‘rtasida vakllarimiz ko‘rsatayotgan natijalar yomon emas.
Sport o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Chimen chelenj - 2022" qishki sport festivalida vakilimiz Xojiakbar Jumabayev o‘zbek milliy o‘yinlaridan arqon tortish, chang‘ida uchish, kamondan otish sport turlari bo‘yicha oltin medal va kubokni qo‘lga kiritib qaytgan edi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish
Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish
Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:...
O'qish
Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish