"Chirchiq" poligonida davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirokida yigʻin bo'lib o'tmoqda
Nashr qilingan sana: 15.11.2023 06:41:35Mudofaa vazirligiga qarashli Chirchiq umumqoʻshin dala maydonida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻin o'tkazilmoqdi.
Yigʻin davomida qatnashchilar qoʻshinlarning kundalik faoliyati bilan tanishadi, ular mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun harbiy xizmat muhitiga tushiriladi.
Mazkur yigʻin orqali davlat hokimiyati organlari rahbarlarini jangovar tayyorgarlik fanlari boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish yoʻli bilan avval olingan harbiy koʻnikmalarini qayta tiklash va takomillashtirish, shuningdek, hududiy mudofaa va fuqarolarni himoya qilishni oʻrganish, maʼnaviy-axloqiy va maʼnaviy-ruhiy sifatlarini rivojlantirish, davlat harbiy qurilish ishlarida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, daxldorlik hislarini oshirish maqsad qilingan.
6-10-noyabr kunlari bo'lib o'tgan yigʻinda "O'zbekko'mir" AJ vakili O'tkir Inoyatov mashg'ulotlarning birinchi kunida belgilangan punktiga yetib borib, barcha korxonalar qatorida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, ularga kiyim-kechak va anjom-aslahalar topshirildi va ishtirokchilar harbiy-hisob mutaxassisligi boʻyicha guruhlarga taqsimlandi.
Taʼkidlash kerakki, 18-noyabrga qadar davom etadigan yigʻin davomida davlat boshqaruvi organlari rahbarlari jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʻyicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning roli bilan tanishadi.
Shuningdek, yigʻin ishtirokchilari aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport hamda otish tayyorgarliklaridan oʻtib, oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlaydi. Operativ, safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarliklardan oʻtish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar boʻlishadi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish