ENERGETIKA VAZIRLIGIDA MATBUOT-SHTABI TASHKIL ETILDI
Publication date: 26.10.2022 01:26:27ENERGETIKA VAZIRLIGIDA MATBUOT-SHTABI TASHKIL ETILDI
Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni sohada amalga oshirilayotgan ishlardan tezkor хabardor qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining buyrug‘i bilan “Matbuot-shtabi” tashkil etildi. Shtab tarkibiga yoqilg‘i-energetika kompleksi tashkilotlari matbuot kotiblari jalb etilgan. Be haqida Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin sovishi tufayli elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotlari isteʼmoliga bo‘lgan talabning oshishi natijasida murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan, yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, shuningdek, elektr energiyasi, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish hajmlari, kuzatilayotgan nosozliklarning sabablari va ularni bartaraf etish to‘g‘risida tezkor va ishonchli maʼlumot berish muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagilarni inobatga olib, isteʼmolchilar, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga yakdil xulosaga ega maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida Energetika vazirligi shtabi o‘z faoliyatini boshladi.
Shtab aʼzolari isteʼmolchilar murojaatlariga javoblar, intervyular, brifinglar tashkillashtirish, mavjud muammo va uning yechimlari to‘g‘risida tezkor axborot berishni rejalashtirgan.
Yoqilg‘i-energetika sohasiga oid barcha qiziqtirgan savol va murojaatlarni press@minenegry.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Latest news
An event dedicated to the native language was held at the Angren coal mine.
Read
Consumer: “The coal is good quality, the price is reasonable, and home delivery is available”
В преддверии осенне-зимнего сезона обеспечение углём населения территорий, не охваченных природным газоснабжением, остаётся одной из актуальных задач. В Наманганской...
Read
Issues of Improving Operational Efficiency and Labor Productivity Discussed
Read