Isteʼmolchilar talabi shakllantirilmoqda
Nashr qilingan sana: 27.04.2023 03:11:12"Koʻmir taʼminot" MCHJ tomonidan 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida respublikamizning olis va borish qiyin boʻlgan qishloq (ovul)larda yashovchi aholi ehtiyojlari uchun rejadagi 106,1 ming tonna oʻrniga 107,6 ming tonna mahalliy koʻmir yetkazib berdi, yaʼni ushbu vazifa 101 foizga bajarildi. Mavsum davomida aholiga 882 ming tonna oʻrniga 918,1 ming tonna mahalliy koʻmir tarqatildi. Byudjet tashkilotlari 518 ming tonnalik rejaga qoʻshimcha sifatida 15,5 ming tonna koʻmir bilan taʼminlandi.
Ayni kunlarda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan boʻlib, respublika byudjet tashkilotlari va aholiga mahalliy koʻmir yetkazib berish boʻyicha tegishli vazirliklar va joylardagi hokimliklar bilan hamkorlikda aniq talab shakllantirilmoqda. Shu bilan birga respublika hududiy koʻmir omborlari va ular tasarrufidagi texnika vositalarini yangi mavsumga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan mavsumda jami 102 ta, shundan 89 ta ombor va 13 ta shaxobcha orqali koʻmir mahsuloti tarqatilgan boʻlib, bunda 62 ta avtoyuklagich va 55 ta yuk tashish mashinalari mavsumga jalb etilgan.
Hokimliklar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarga asosan, joriy mavsum uchun reja tasdiqlangach, may-avgust oylarida byudjet tashkilotlariga koʻmir tarqatiladi.
Ayni vaqtda byudjet tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va gʻaznachilikdan roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Aholi isteʼmoli uchun mahalliy koʻmir tarqatish sentabr-dekabr oylarida amalga oshiriladi.
Sarvar Rasulov,
"Koʻmir taʼminot" MCHJ direktorining mahsulot realizatsiyasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Oxirgi yangiliklar:
Sportning 5 turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqa yakunlari
Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan sport bellashuvlarining 5 turi yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindor o‘rinlarni egalladi. Musobaqada yuqori natijalar...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: mehnat va sport bizga nima beradi?
Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni yaqinlashib kelayotgan bu kunlarda aksiyadorlik jamiyatimizda bayram ruhi, jamoaviy birlik va ko‘tarinki kayfiya...
O'qish
Bayramlar inson qalbiga ruh bag‘ishlaydi
Yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va kasb bayramlari xalqimizni birlashtiruvchi, inson qalbiga g‘urur va iftixor bag‘ishlovchi qutlug‘ ayy...
O'qish
Xotira va qadrlash kuni: “Motamsaro ona” poyiga gulchambarlar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’...
O'qish