Ko‘mir tarmogʻida tejamkor energiya – 2025-yil natijalari
Nashr qilingan sana: 02.03.2026 10:33:03Bugun ko‘mir sanoati faqat qazib olish hajmlari bilan emas, balki energiyadan qay darajada samarali foydalanilayotgani bilan ham baholanmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayoni jadallashgan bir paytda yirik sanoat korxonalari oldiga energiya tejamkorlik, resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning “2030-yilgacha oʻzbekiston res-publikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish-iga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻri-sida”ga 2022-yil 2-dekabrdagi 436-sonli hamda “2025-yilda energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 27-fevraldagi 77-sonlli qaroriga muvofiq, jamiyatimiz bo‘yicha elektr energiyasini tejash rejasi 6 369 ming kVt/soat etib belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda yirik korxonalarda yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 4-iyundagi 348-sonli qarori asosida mahsulot birligiga elektr energiyasi sarfi me’yorlari, choraklik limitlar va energetik audit o‘tkazish jadvali tasdiqlandi.
2025-yil yakunlari shuni ko‘rsatdiki, “Angren ko‘mir koni” va “Temiryo‘l transporti” filiallarida elektr energiyasini tejash bo‘yicha belgilangan reja nafaqat bajarildi, balki oshirib ado etildi. Rejadagi 6 369 ming kVt/soat o‘rniga amalda 6 997,451 ming kVt/soat elektr energiyasi tejaldi. Bu 100,5 foiz ijro degani. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasi sarfi 3,7 kVt/soat me’yoridan oshmadi va ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha oylik hamda choraklik hisobotlar Bosh prokuratura huzuridagi Respublika energoeffektivlik shtabiga elektron platfor-ma orqali muntazam taqdim etib borildi.
Vazirlar Mahkamasining yuqorida nomi tilga olingan 348-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan jadval asosida 2025-yil sentyabr–oktyabr oylarida jamiyatning asosiy ishlab chiqarish ob’yekti – “Angren ko‘mir koni” filialida energetik audit o‘tkazildi. Audit elektron xaridlar tizimi orqali shartnoma tuzilgan “Ravshan Karyera” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.
Energetik audit natijalari, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar hamda barcha texnik hujjatlar Respublika shtabiga to‘liq taqdim etildi. Ushbu xulosalar asosida 2026–2027-yillarda “Angren ko‘mir koni” filialida energiya samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qator amaliy ishlar rejalashtirilgan. Jumladan, EKG–16,5 rusumli №75 va №77 ekskavatorlarni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilmoqda.
Aytish joizki, 2025-yilga belgilangan barcha vazifalar bosh energetik xizmati tomonidan to‘liq bajarildi. Bu natijalarga erishishda xaridlar jarayoni bilan bog‘liq masalalarda faol ishtirok etgan ichki va tashqi xaridlar boshqarmasi boshlig‘i A. Egamberdiyev hamda shu boshqarma mutaxassisi I. Gaziyevning hissasi salmoqli bo‘ldi. Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi shtab ishlariga bevosita biriktirilgan holda doimiy ishtirok etgan birinchi o‘rinbosar E.O.Yakubov, ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelgan bosh muhandis V.V.Kuznetsov hamda barcha ishlar natijalarini har oylik nazorat qilib borgan bosh direktor N.U.Dusmatovning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etdi.
Ko‘mir sanoatida energiya tejamkorlik masalalari faqat an’anaviy usullar bilan cheklanib qolmayapti. O‘zbekiston Res-publikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tar-moqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qay-ta tiklanuvchi energiya manbalarini rivoj-lantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risi-da” 2019-yil 22-avgustdagi 4422-sonli qarori asosida 2023–2030-yillarga mo‘ljallangan reja doirasida filiallarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari izchil joriy etilmoqda. 2023–2025-yillar mobaynida 440 kVt quv-vatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari va 36 ming litr hajmda quyosh kollektorlari o‘rnatildi.
Ushbu uskunalarga xizmat ko‘rsatish maqsadida “Energetika tarmoqlari” filialida maxsus brigada tashkil etildi. Mazkur brigada mutaxassislari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tib, quyosh energetikasi uskunalari bilan ishlash huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.
Shu bilan birga, xodimlarning o‘z uylarida quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish tartibi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Tegishli nizomga ko‘ra, o‘rnatish xarajatlari ikki yil davomida ish haqidan bosqichma-bosqich ushlab qolinadi. Mazkur tashabbus natijasida jamiyat bo‘yicha 39 nafar xodim o‘z uylariga jami 317,34 kVt quyosh panellari va 760 litr quyosh kollektorlarini o‘rn+atishga muvaffaq bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, 2025-yil ko‘mir sanoatida energiyadan oqilona foydalanish, tejamkorlik va qayta tiklanuvchi manbalarni joriy etish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. Bu ishlar nafaqat iqtisodiy samara, balki ekologik barqarorlikka xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
Feruza SHAMSUDINOVA,
“O‘zbekko‘mir” AJ, energomenejer

Oxirgi yangiliklar:
Resurslar boshqaruvida shaffoflik: O‘zbekiston ko‘mir sanoatidagi islohotlar
Korrupsiya jamiyatni ich-ichidan yemiradigan, adolat tamoyillariga, ijtimoiy ishonchga va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga jiddiy tahdid soladigan eng xavfli illatlar...
O'qish
“O‘zbekko‘‘mir” 2025-yil natijalari: Innovatsiya, shaffoflik va samaradorlik
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati uchun o‘ta samarali va innovatsiyalarga boy yil bo‘ldi. Jamiyatda konchilik sohasidagi ishlab chiqarish, ko‘mir yetkazib...
O'qish
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish