Mehnat bozori va ta’lim integratsiyasi
Nashr qilingan sana: 30.01.2025 14:19:26
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etilgan.
Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi, tarmoq kengashlari va malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkiliy-uslubiy, ekspert va tahliliy jihatdan ta’minlash, tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar va baholash vositalarining ishlab chiqilishi bo‘yicha umumiy nazoratni amalga oshirish, malakalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, faoliyatini monitoring qilish, milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasini joriy etish, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tarmoq kengashlari a’zolari va malakalarni baholash markazlari xodimlarining malakasini oshirish hamda vazirlik va idoralardagi kasbiy malakalarni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga amaliy yordam berish Institutning asosiy vazifalari etib belgilangan.
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Milliy malaka tizimini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish uslublari” mavzusida ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening kasbiy ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, tizimli malaka oshirish va mutaxassislarning professional darajasini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar kasbiy malakalar va kompetensiyalarni baholash mexanizmlari, mehnat bozori hamda ta’lim tizimining uzviy bog‘liqligini takomillashtirish, shuningdek, zamonaviy hamda xalqaro metodologiyalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari seminar davomida kasbiy ta’lim tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi strategiyalar va amaliy choralari muhokama qilindi.
– YUNESKO va Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti bilan yaqindan hamkorlikni amalga oshirish maqsad qilingan, – deydi YUNESKO Ta’lim loyihalari menejeri Sarah El Attar. – 2025 yilda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ayniqsa, milliy malaka tizimini rivojlantirish uchun metodologik qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda biz TVET tizimidagi barcha asosiy ishtirokchilar, jumladan, Tarmoq kengashlari va Baholash markazlari bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz. Shuni alohida aytib o‘tishim kerakki, TVET loyihasi doirasidagi tashabbuslar keng bo‘lib, ta’lim tizimining barcha darajalarini qamrab oladi. Shuningdek, TVET loyihasi doirasida sifatni ta’minlash bizning eng muhim yo‘nalishlarimizdan biri hisoblanadi. Shu bois biz Milliy malaka agentligini yaratish bo‘yicha loyiha ofisiga tavsiyalar berib kelmoqdamiz.
Seminar-trening joriy yilning 30 yanvariga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Yuldasheva hamda mehnat va ish haqi bo‘limi boshlig‘i Sherzod Begmatov qatnashmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Konchi-yoshlar kuchli uchlikdan joy oldi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati yoshlari 21-23-fevral kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Chimgan Challenge – 202...
O'qish
Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlari haftaning har juma kuni ishga milliy liboslarda chiqmoqdalar. Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘li...
O'qish
“Angren” ko‘mir koni bilan tanishuv
18-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Respu...
O'qish
“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun ‒ amalda
Xabaringiz bor, 2024-yil 31-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Yer qa’ri to‘g‘risida"gi O‘RQ-987-sonli Qonun imzolangan edi. Ushbu hujjat 2 fev...
O'qish