Milliy liboslarimida urf-odatlarimiz mujassam
Nashr qilingan sana: 09.04.2024 13:02:36Milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ayollarimizning milliy o‘zligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish esa yaxshi an’anaga aylandi.
Xususan, 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan ushbu tadbirlarning har birida 8,5-9 million nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi va jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 8-14 aprel kunlari festivalning birinchi bosqichi hamda 2-7 sentabr kunlari ikkinchi bosqichida respublikamizning barcha hududlaridagi mahallalarda, vazirlik va idoralarda, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilotlarda o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Bugun mazkur festivalda “O‘zbekko‘mir” AJ xotin qizlari ishtirok etib, milliy liboslarimizni chiroyli namoyish qildilar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Bugun "Angren ko'mir koni" filialining Markaziy dispetcherlik punkti faollar zalida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi mas’ullari ishtirokida tizimda...
O'qishJoriy yilning 16-18-iyul kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida hamkor vazirliklar va tashkilotlar ishtirokidagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Tadbirda "O‘zbekko‘mir" AJ vakillari ham faol qatnashdilar....
O'qishКўмир маҳсулотлари - аҳоли ва бюджет ташкилотларига!
Mamlakatimizda muayyan ijtimoiy soha ob’ektlari ko‘mir bilan isitiladi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati 2024/2025-yilgi joriy isitish mavsumida ijtimoiy soh...
O'qishYoshlar murojaatlari tinglandi
Angren shahrida “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Uchrashuvda sektorlar rahbarlari, Milliy Gvardiya Toshkent viloyati boshqarmasi, shahar hokimligi...
O'qish