Mohir “BelAZ”chilar
Nashr qilingan sana: 23.10.2023 06:24:20“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ATT filialiga qarashli 1-son avtokorxona filialning asosiy korxonasi hisoblanadi. Qudratli og‘ir kon texnikalari – ulkan “BelAZ” avtosamosvallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Angren” ko‘mir koni “javlon urib” ko‘mir va tog‘ jinslari tashiydi.
Ayni paytda avtokorxonada 130 tonnalik o‘n beshta, 110 tonnalik oltita, yuk ko‘tarish quvvati 30-40 tonna bo‘lgan ikkita “BelAZ” mavjud. Bundan tashqari, 14 ta “MAN” samosvali ham bor.
Avtokorxona jamoasida 200 dan ortiq haydovchi mehnat qiladi. Biz bu yerda bo‘lganimizda og‘ir kon texnikalaridan biri – “BelAZ-001” samosvalini uning to‘rt kishidan iborat brigadasi tomoni ta’mirlayotgan ekan.
– Bu ajoyib brigada. Unda har biri o‘n, yigirma yoki undan ko‘proq ish stajiga ega mutaxassislarimiz ishlaydi. Ular nafaqat mohir haydovchi balki, yaxshigina ta’mirchilar hamdir, – deydi mamnuniyat bilan mexanik ta’mirlash ustaxonasi (MTU)ning yosh boshlig‘i Nodirbek Ibrohimov.
Brigada a’zolari Bahrom Nasibaliyev, Mansur Ro‘zmatov, Sherzod Qayumov, Faxriddin Zokirov o‘z kasbining ustalari bo‘lgan mehnatsevar xodimlaridan sanalishadi. Ular konning aylanma yo‘llarida samosvalni professional tarzda boshqaribgina qolmay, og‘ir kon texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatishni ham uddalaydilar. Hozir ular o‘z boshqaruvlaridagi “BelAZ”ning “yuragi” – dvigatelni ta’mirlash bilan band.
Bahrom aka Nasibaliyev o‘ttiz yilga yaqin haydovchi bo‘lib ishlab kelmoqda, Tajribali haydovchi “Konchi shuhrati” ko‘krak nishonining uchala darajasi sohibi. U fidokorona mehnati uchun ko‘p marta taqdirlangan. Murabbiy sifatida “BelAZ” boshqaradigan yigirmaga yaqin ajoyib shogirdlar tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi.
Fursatdan foydalanib, ko‘mir sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan konchi-avtomobilchilarni kasb bayrami bilan tabriklab, mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Diana Andreyeva
Oxirgi yangiliklar:
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “QMI” filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan k...
O'qish
Siz har qancha ehtiromga munosibsiz, konchi opa-singillar!
Muhtarama opa-singillar! Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va...
O'qish
Teng huquq, munosib mehnat va amaliy g‘amxo‘rlik
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va man-faatlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarid...
O'qish
2025-yil davomida 8 ta innovatsion loyiha amalga oshirildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yil mobaynida innovatsion rivojlanish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning ko‘plab filiallarida qat...
O'qish