“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamjanovich Dusmatovning bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 20.03.2026 19:15:47Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar – Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Bu yil ushbu ikki muqaddas va qadrli bayramning uyg‘un kelayotgani barchamiz uchun alohida quvonch ma’naviy-ruhiy yuksalish bag‘ishlamoqda. Islom olamining ulug‘ bayrami – poklanish, sabr va ma’naviy yangilanish ramzi bo‘lgan Ramazon hayitidan so‘ng, yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari keng quloch yozadi.
Navro‘z – milliy an’analarimiz, insonparvarlik va ezgulik timsoli sifatida asrlar davomida xalqimiz hayotida mustahkam o‘rin egallab kelmoqda. Tabiat uyg‘onishi, yangilanish va ezgu orzularning ro‘yobi bilan bog‘liq ushbu bayram bugun ham yurtimizda ko‘tarinki kayfiyat va birdamlik ruhini qaror toptirmoqda.
Ayniqsa, Navro‘zning Ramazon hayiti bilan uyg‘un kelishi inson qalbida mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va insoniylik kabi fazilatlarni yanada mustahkamlaydi. Bu esa jamiyatimizda hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda, jumladan, jamiyatimizda ham bayram arafasida xayrli ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Umumxalq xayriya hasharlari tashkil etildi, muhtoj va ehtiyojmand insonlarga ko‘mak berish, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Bu kabi ezgu ishlar har birimizning yuzimizni yorug‘ qiladi.
Quvonarlisi, jamiyatimiz ko‘p ming sonli jamoasi tomonidan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, reja-topshiriqlar ortig‘i bilan bajarilib, ko‘mir sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shilmoqda. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli korxonamiz nufuzi tobora oshib bormoqda.
Aziz hamkasblar!
Ushbu qutlug‘ ayyomlarda barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlaringizga omad va zafarlar yor bo‘lsin.
Qo‘sh bayram – Ramazon hayiti va Navro‘z muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
N.U. Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkaziladi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi to‘g‘risida” 2026-yil yanvar–aprel oylari yakunlariga bag‘ishlangan brifing...
O'qish
Soxta kasallik varaqasi jiddiy huquqiy oqibatlarga olib keladi
Ish jarayonida har bir xodimda turli sabablarga ko‘ra ishdan vaqtincha uzilish yoki qo‘shimcha dam olishga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Bunday holatlar ko‘pincha shaxs...
O'qish
Korporativ etika: davlat xizmatchisi sovg‘a olishi mumkinmi?
Davlat xizmati tizimida xodimning har bir qarori, xizmatdagi munosabati va jamoatchilik bilan muloqoti nafaqat ichki mehnat intizomi, balki davlat organi yoki korxonasini...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan rasmiy axborot
Jizzax viloyati Zomin tumani Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tanqidiy mu...
O'qish