O'zbekko'mir AJ jamoalari “Chimgan Challenge — 2026” tog‘ festivalida ishtirok etdi
Nashr qilingan sana: 16.02.2026 17:35:57An’anaviy “Chimgan Challenge — 2026” tog‘ festivali yuqori saviyada tashkil etilib, ko‘tarinki ruhda yakunlandi.
Mazkur nufuzli sport tadbirida “O‘zbekko‘mir” AJ sport klubi raisi Abdullayev Muhriddin munosib ishtirok etib, sport musobaqalarida sovrindor o‘rinlarni egalladi.
Festival doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari hamda intellektual bellashuvlar yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Tadbir davomida korxonalarda faoliyat olib borayotgan sport targ‘ibotchilari mini futbol, voleybol, stritbol hamda stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib borib, mahorat va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Shuningdek, sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan loyiha doirasida ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini ham o‘tkazildi.
.jpg)
🏆 G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
“O‘zbekko‘mir” AJda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni A...
O'qish
Bugun 9-fevral buyuk mutafakkir, Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan.Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan....
O'qish
Kasaba uyushma qo‘mitasi delegatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekko‘mir” AJning Angren ko‘mir koni filialida kasaba uyushma qo‘mitasi delegatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Yig‘ilishda BKUK raisi A. Qayumov ham qatnas...
O'qish