“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 19.03.2026 11:28:54“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Power Equipment kompaniyasi bosh direktori tomonidan taqdimot o‘tkazilib, unda kompaniya 2024-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgani, hozirgi kunda 31 nafar xodimga ega ekani, Toshkent shahrida 1 ta filial, ofis, servis zonasi hamda ehtiyot qismlar ombori faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi. Omborda Devolon va boshqa texnikalar uchun 977 turdagi ehtiyot qismlar mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni 39 ming donani tashkil etadi, ombor zaxirasi qiymati esa 1 million yevrodan ortiqni tashkil qiladi.
Taqdimotda kompaniya tomonidan taklif etilayotgan texnikalar qatoriga mini ekskavatorlar (2–9 tonna), o‘rta toifadagi ekskavatorlar (38 tonnagacha), og‘ir ekskavatorlar (120–125 tonnagacha), shuningdek 2026-yilda 150 tonnalik yangi modelni ishga tushirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Gusenitsali ekskavatorlarda kovsh hajmi 2 m³ dan 8,5 m³ gacha bo‘lishi, g‘ildirakli yuklagichlar 1 m³ dan 6,5 m³ gacha hajmga ega ekani ta’kidlandi. Samosvallar 60–95 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lib, ularning ayrim modellari Norvegiyada ishlab chiqarilishi, byudjet variantlari esa Xitoyda yig‘ilishi aytib o‘tildi.

Uchrashuvda Kuznetsov V. ko‘mir konlariga texnika tanlashda asosiy e’tibor uning texnik ko‘rsatkichlari, ishonchliligi va servis ta’minotiga qaratilishini aytdi. Xususan, ishlab chiqarish jarayonida Cummins tipidagi dvigatellar ishonchliligi va eng muhimi servis ko‘rsatish osonligi bilan yaxshi taassurot qoldirganini ta’kidladi.
HD Construction Equipment vitse-prezidenti agar dvigatellar Cummins’ga o‘zgartirilsa, ularning texnikasini xarid qilishda ustuvorlik bo‘lish-bo‘lmasligini so‘radi.
Kuznetsov V. Cummins tipli dvigatelli texnikalar qo‘yilsa va boshqa parametrlar texnik topshiriq talablariga to‘g‘ri kelsa, albatta xarid jarayonlarida bu ustunlik berishini aytdi. Xarid jarayonlarida texnikalarni tanlashda faqat narxga emas, balki texnikaning samaradorligi, xizmat qilish muddati va ekspluatatsiya xarajatlariga e’tibor qaratilishini, shuningdek davlat siyosati bo‘yicha xarid va undagi tender jarayonlarini tushuntirdi. Texnikalarni xarid qilishda eng asosiy mezonlardan biri mahalliy ishlab chiqaruvchilar ekani va texnik topshiriqda texnikaning dvigatel turini ko‘rsatib bo‘lmasligini aytdi.
Kompaniya tomonidan servis xizmatlari Rossiya va boshqa hududlarda keng rivojlangani, masalan, 538 nafar xodimdan iborat jamoaning yarmidan ko‘pi servis muhandislaridan tashkil topgani, 170 nafar mexanik 150 ta servis avtomobili orqali 24/7 xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani misol sifatida keltirildi. Shu asosda O‘zbekistonda ham servis xizmatlarini rivojlantirish, kon hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ehtiyot qismlar konteynerlarini joylashtirib, doimiy servis ko‘rsatish mutaxassislarini biriktirish ko‘rib chiqilayotgani ham aytildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar “O‘zbekko‘mir” AJ ehtiyojlaridan kelib chiqib texnik va tijorat takliflarini tayyorlash, texnik parametrlarni birgalikda ishlab chiqish, yirik (80–100 tonna va undan yuqori) ekskavatorlar hamda yordamchi texnikalar bo‘yicha servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ehtiyot qismlar ta’minotini yaxshilash va zaruratga ko‘ra texnikalarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldilar.
Oxirgi yangiliklar:
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish