«Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida
Nashr qilingan sana: 21.11.2023 02:07:06«Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida
XABARNOMA
«Oʻzbekkoʻmir» AJ Kuzatuv kengashining 2023 yil 21 noyabrdagi qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2023 yil 12 dekabr kuni, Toshkent shahar, Markaz-14, 27-uyda joylashgan ofis binosida oʻtkaziladi.
Yigʻilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni roʻyxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi. Umumiy yigʻilish oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2023 yil 21 noyabr holatiga tuziladi. Umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2023 yil 5 dekabr holatiga tuziladi.Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2022 yil yakunlari boʻyicha yillik hisobotini tasdiqlash
4. “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktorining 2022 yil yakuni boʻyicha hisobotini tasdiqlash.
5. “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2022 yil boʻyicha hisobotini tasdiqlash.
6. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.
7. “Oʻzbekkoʻmir” AJ Taftish komissiyasi aʼzolari vakolatini tugatish.
8. Jamiyatning 2022 yil yakuni boʻyicha tashqi auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.
9. Jamiyatning 2022 yil yakuni boʻyicha sof foydasini taqsimlash va dividendlarni toʻlash masalasini tasdiqlash.
10. Jamiyatning 2022 yil yakuni boʻyicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini tasdiqlash.
11. Jamiyatning affillangan shaxs bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xoʻjalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni (bitimlarni) maʼqullash.
12. Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻlishi lozim. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha maʼlumot va materiallar bilan Angren shahar, Istiqlol koʻchasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida ushbu eʼlon berilgan kundan boshlab tanishishlari mumkin.Telefonlar: (+998 71) 150-39-80; faks: (+998 71) 150- 39- 89. Elektron manzil: e-mail info@coal.uz, veb-sayt: www.uzbekcoal.uz.
Jamiyat Kuzatuv kengashi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish