Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
Nashr qilingan sana: 15.11.2024 00:02:34O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi.
O‘tgan davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda uy-joy fondida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida qator tizimli ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, joriy yilning yanvar -sentabr oylari holatiga, respublikada 7 396 ta yong‘in sodir bo‘lib, ulardan 39 nafar fuqaro halok bo‘lganligi va 85 nafar fuqaro turli darajada jarohatlangan. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yong‘inlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib hamda Hukumat komissiyasining tegishli bayonidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida” 490-sonli buyrug‘i qabul qilingan.
Jamiyat tasarrufidagi barcha filiallarining hududlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ishchi-xodimlar xavfsizligini ta’minlash va yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etishga qaratilgan ushbu hujjatda tarkibiy tuzilmalar rahbarlari hamda ijro apparatining bo‘lim va boshqarma boshliqlariga “Yong‘in xavfsizligi oyligi” ko‘tarinki ruhda va samarali o‘tkazilishi tashkillashtirish vazifasi yuklatildi.
Buyruq bilan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq, “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha “O‘zbekko‘mir” AJ komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Tarkibiy tuzilmalarda yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha barcha xodimlar yo‘riqlashdan o‘tkazish, o‘ta muhim, toifalangan va iqtisodiyot ob’ektlari, yonish-portlash xavfi hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo‘lgan barcha ob’ektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, bino va inshoatlarda yong‘in xavfsizligi holati ichki komissiya tomonidan o‘rganib chiqilishi va aniqlangan nuqsonlarni zudlikda bartaraf etish “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi.
Oylik doirasida yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha seminarlar va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi va shu orqali ishchi-xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni tezkorlikda bartaraf etishning hamkorlikdagi rejalariga aniqlik kiritib boriladi.

Oxirgi yangiliklar:
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazadi. Matbuot anju...
O'qish
Oila fayzi, jamoa tayanchisiz, aziz ayollar!
Qadrli va muhtaram opa-singillar! Yurtimizga nafosat, mehr va iliqlik olib kiruvchi go‘zal bahor ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Siz –...
O'qish
Ayollar qudrati: temiryo‘l xizmati va jasorat
Angren ko‘mir sanoati korxonalarida ayollar mehnati alohida o‘rin tutadi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining yirik transport tarmoqlaridan biri hisoblangan “Tem...
O'qish
Biz sizdan minnatdormiz, aziz konchi opa-singillar!
Ayol zoti borki, ular mehr va nazokat bilan hayotimizni bezaydi. Qadrli opa-singillar! Sizlarni yurtimizda keng nishonlanadigan bahor, go‘zallik va mehr-muhabbat ba...
O'qish