Samarqand viloyati: isteʼmolchilar koʻmir bilan qanday taʼminlanmoqda?
Nashr qilingan sana: 07.07.2023 00:41:35Ayni kunlarda respublika byudjet tashkilotlarini joriy kuz-qish mavsumi uchun mahalliy koʻmir bilan taʼminlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Joriy 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun Samarqand viloyati byudjet tashkilotlariga jami 31 ming 266 tonna mahalliy koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolangan edi. Ushbu shartnoma rejalari may va iyun oylarida bajarildi va koʻmir yoqilgʻisi toʻligʻicha yetkazib berildi, jumladan:
▪️Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimiga 24 ming 270 tonna;
▪️Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimiga 3 ming 488 tonna;
▪️ Madaniyat va turizm tizimi sohasiga 787 tonna;
▪️ Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tizimiga 340 tonna;
▪️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tizimiga 2 ming 381 tonna.
"Koʻmir taʼminot" MCHJ Samarqand viloyati filiali direktori X.Umarovning maʼlumot berishicha, bugungi kunda Samarqand filiali tasarrufida 8 ta koʻmir ombori ishlab turibdi. "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan ortib yuborilgan koʻmir mahsulotlarini vagonlardan oʻz vaqtida qabul qilish va isteʼmolchilarga manzilli yetkazilishi boʻyicha viloyat hokimligi bilan hamkorlikda barcha ishlar tashkil qilingan.
Shuningdek, 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun Samarqand viloyati koʻmir mahsulotiga ehtiyojmand aholi isteʼmolchilariga jami 130 ming tonna mahalliy koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu borada filialga qarashli 8 ta hududiy koʻmir ombori 4 ta savdo shaxobchasi koʻmir yoqilgʻisini qabul qilish, omborxonaga joylashtirish va aholiga mahallabay tarzda manzilli yetkazilishi boʻyicha barcha choralar koʻrilgan. Filial balansidagi mavjud barcha texnikalar ishga shay holatda.
Aholiga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berilishi joriy yilning avgust oyidan boshlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha doimiy tizimli ishlar olib borilmoqda.
Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumining davomiyligi taxminan 5 oyni tashkil etadi. Ana shuni hisobga olib, isitish davrida bir oilaga oʻrtacha 1,0-1,5 tonna koʻmir zarur boʻladi. Viloyatda jami 486 ming 713 xonadon koʻmirdan foydalanadi. Ushbu xonadonlarni yetarli miqdorda, sifatli qattiq yoqilgʻi bilan taʼminlashning barcha zarur choralari koʻrilmoqda.
X.Umarov,
"Koʻmir taʼminot" MCHJ Samarqand viloyati filiali direktori
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktorining bayram tabrigi
Hurmatli konchilar, konchilik va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayrami – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xo...
O'qish
Konchilar mehnatiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
Mamlakatimiz yer osti boyliklariga nihoyatda boy. Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida konchilik va metallurgiya sohasiga qaratilayotgan kat...
O'qish
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan “Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tart...
O'qish
Konchilar birdamligi sport maydonida namoyon bo‘ldi
"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Konchilar spartakiadasi” sport musobaqasi tashkil etildi. Tadbir...
O'qish