Xorazm viloyati ijtimoiy soha muassasalari 17,1 ming tonna mahalliy ko‘mir bilan ta’minlandi
Nashr qilingan sana: 14.09.2023 05:45:39Xorazm viloyatida 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida jami 136 259 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Ushbu yoqilg‘ining 106 000 tonnasi aholi, 17 114 tonnasi ijtimoiy soha muassasalari, 13 145 tonnasi davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosidagi tadbirkorlar ulushiga to‘g‘ri keladi. uchun tonna mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda amalda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyat filiali tomonidan ijtimoiy soha muassasalariga jami 17 114 tonna (100%) mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi. Jumladan: maktab muassasalari 11 376 tonna, maktabgacha ta’lim muassasalari 3 054 tonna, sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalar 2024 tonna, madaniyat muassasalari 123 tonna, jismoniy tarbiya va sport muassasalari 88 tonna, professional ta’lim muassasalari 450 tonna ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlandi.
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi tadbirkorlarga jami 4 996 tonna 38% mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi, yana 4 430 tonna mahalliy ko‘mir ortib jo‘natilgan. Ayni kunlarda 3 719 tonna yoqilg‘i ortib jo‘natish choralari ko‘rilmoqda.
Viloyat aholisining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun jami “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5 559 tonna mahalliy ko‘mir ortib jo‘natilgan va ushbu mahsulot “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm filialiga qarashli ko‘mir omborlariga to‘liq qabul qilib olindi va 14 sentyabr holatiga shundan 4 578 tonnasi tarqatildi.
Kamoliddin Jumaniyozov,
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyat filiali boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir ta’minotida haqiqiy holat va qabul qilingan choralar
So‘nggi yillarda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmlari izchil oshib bormoqda. Xususan, 2025 yil yakunlariga ko‘ra, m...
O'qish
Ko‘mirni yoqishdan ko‘ra, qayta ishlasa, qiymati oshadi
JamiyatTanlash Mulohaza Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkidagi zamonaviy ishlab chiqarishlar bilan tanishuvini kuza...
O'qish
Birja savdolaridagi holat bo‘yicha “O‘zbekko‘mir” AJning rasmiy izohi
Ijtimoiy tarmoq va elektron nashrlar axborot kanallarida “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati, jumladan birja savdolarida ko‘mir mahsulotlarini joylashtirish, jamiyatning kor...
O'qish
Ko‘mir sanoati istiqbollari “Глобус” jurnalida yoritildi
Rossiyaning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi nufuzli nashrlaridan biri – “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil may oyidagi 2 (91)-sonida ko...
O'qish