Yangi 2023-2024-oʻquv yili oldidan konchi ota-onalar va ularning farzandlari ishtirokida tadbir oʻtkazildi.
Nashr qilingan sana: 15.08.2023 05:18:21Qurilish-montaj ishlari filialida tashkil etilgan tadbirda Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov konchi ota-onalar va ularning farzandlarini yaqinlashib kelayotgan yangi oʻquv yili bilan tabrikladi. Oʻgʻil-qizlarning oʻqishi, dam olishi uchun barcha zarur yordamlar koʻrsatilishini alohida taʼkidladi.
Bu yil jamiyatga qarashli "Koinot" bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohida 1000 nafardan ortiq oʻgʻil-qiz dam olib qaytdi.
Tadbirda konchi ota-onalar soʻzga chiqib farzandlarining kamol topishida jamiyat maʼmuriyati va Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamhoʻrliklar xususida toʻlqinlanib soʻz yuritdilar. Oʻquvchilar taʼtilda yod olgan sheʼrlarini yoddan oʻqib olqishlarga sazovor boʻldilar.
Kam taʼminlangan va koʻp bolali hamda boquvchisini yoʻqotgan konchi oilalarining 70 nafar farzandiga maktab papkasi va oʻquv qurollari toʻplamlari topshirildi.
Obuna boʻling
https://t.me/uzbekcoaluz
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish