Aholi iste’molchilarining onlayn-ro‘yxati shakllantirilmoqda
Nashr qilingan sana: 16.10.2024 01:29:08Ayni kunlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholining ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan ehtiyoji, ko‘mir mahsulotlari harakatini va ular bo‘yicha to‘lovlarni o‘z ichiga olgan “Ko‘mir mahsulotlarini sotish xizmatlari interaktiv portali”ni ishga tushirish, idoralararo integratsiya qilish choralarini ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 29-sentyabrdagi 551-sonli қарори (https://lex.uz/docs/6215776?ONDATE=01.04.2025) ijrosini ta’minlash hamda “Ko‘mir mahsulotlarini sotish xizmatlari interaktiv portali”ni to‘liq ishga tushirishni jadallashtirish maqsadida aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining 2024 yil 13-sentyabrdagi 441-sonli buyrug‘i qabul qilingan edi.
Buyruq bilan biriktirilgan “O‘zbekko‘mir” AJ va “Ko‘mir ta’minot” MCHJ xodimlari ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joyiga chiqqan holda mahalliy ko‘mirga ehtiyojmand xonadonlar ro‘yxatini shakllantirib, buyurtmalarni mycoal.uz portaliga kiritish ishlarini tashkillashtirishda amaliy yordam berishmoqda.
Jarayon “Ko‘mir ta’minot” MCHJ viloyat filiallarida mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston mahallalari uyushmalari viloyat boshqarmalari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 17 shahar va tumanidagi 452 mahallada ko‘mirga ehtiyojmand 70 552 xonadon bor. 15 oktabr holatiga ushbu xonadonlarning barchasi (uy egasi va yoki ko‘mirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs, kuz-qish mavsumiga talab etiladigan ko‘mir hajmi to‘g‘risida xonadon joylashgan pochta manzili ko‘rsatilgan va kadastr hujjati ilova qilingan ma’lumotlari, shuningdek JSHISHR va pasport ma’lumotlari) portalga to‘liq kiritildi. Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida ham ushbu vazifa yakunlandi.
Ayni kunlarda boshqa viloyatlarda aholi iste’molchilarining onlayn-ro‘yxatini tuzish va Portalga kiritish ishlari jadal davom etmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari Erkin Yakubov o‘ziga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida raqamlashtirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlangach, ayni kunlarda Farg‘ona va Andijon viloyatlarida “Ko‘mir ta’minot” MCHJ viloyat filiali rahbarlari hamda mutaxassislari bilan birgalikda ko‘mirga ehtiyojmand aholi xonadonlarining onlayn-ro‘yxatini shakllantirishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Неъмат Душаев,
“Ўзбеккўмир” АЖ матбуот котиби


Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish