Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M. Qayumovning bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 31.12.2025 15:25:32Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Jamiyatimizda yakunlanayotgan 2025-yil davomida salmoqli natijalar va muhim muvaffaqiyatlarga erishildi. Xususan, kunni tunga ulab fidokorona mehnat qilayotgan konchilarimizning manfaatdorligi va ijtimoiy himoyasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Unumli mehnat qilish va mazmunli hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Ko‘p ming kishilik ulkan jamoamiz a’zolari yaqinlashib kelayotgan 2026-yildan katta umidlar bilan yangi marralar sari intilmoqda. Ishonchim komilki, biz oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga erishamiz, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan holda hayotimizni yanada yaxshilaymiz, farovonligimizni izchil oshiramiz.
Yangi yil barchamizga tinchlik-osoyishtalik, mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga baraka, ish va faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar olib kelsin. Mahallalarimiz yanada obod, jamiyatimiz esa yanada jips va farovon bo‘lishini tilayman.
Yangi yil ezgu maqsadlar, yangi yutuqlar va ijobiy o‘zgarishlarga boy bo‘lsin!
Barchangizga omad va zafarlar yor bo‘lsin!
Abdunosir Qayumov,
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish