Korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitutsiyaviy asoslari
Nashr qilingan sana: 06.12.2022 08:22:22Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʻlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga toʻgʻanoq boʻladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxoʻrlikdir. Shu boisdan ham har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirishda KONSTITUTSIYA asosiy mezon boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar Konstitutsiyamizda belgilangan mezonlarga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida "Korrupsiyaga qarshi kurashishning Konstitutsiyaviy asoslari" mavzusida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʻrifiy tadbirda yuqoridagi fikrlar alohida qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi va Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab "Qurilish-montaj ishlari" filialida tashkil etilgan tadbirni jamiyat Birlashgan uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati rahbari Erkin Amanov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng koʻlamli vazifalar, xususan adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʻminlash kabi ulugʻvor maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni taʼminlovchi Konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish extiyojini kun tartibiga qoʻymoqda. Shu maqsadda ayni kunlarda Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya ish olib bormoqda. Joriy yilning 24 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan "Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Unga koʻra, Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartirishlar 6 ta yangi modda bilan 16 ta norma kiritilmoqda.
Tadbirda E.Amanov Konstitutsiyaga kiritilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normalar xususida maʻlumot berib oʻtdi.
Taʻkidlandiki, Konstitutsiyamizga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normalarning kiritilishi, birinchidan – shaxsning, ikkinchidan – jamiyatning, uchinchidan – parlamentning, toʻrtinchidan – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faolligi va imkoniyatlari hamda masʻuliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʻlumot berilib, ushbu illatga qarshi birgalikda kurashish nechogʻlik muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasaba uyushmasi mehnatni muhofaza qilish vakillari o'qitildi
“O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi filiallarda saylangan kasaba uyushmasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv seminarini...
O'qish
“Глобус: геология и бизнес” jurnalida Angren konchilari haqida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasida chop etilаdigan “Globus: geologiya i biznes” xalqaro jurnalining 2025-yil dekabr sonida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga bag‘...
O'qish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 28-noyabrdagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-y...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish