Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni tartibga solish bo‘yicha yangi huquqiy asos yaratildi
Nashr qilingan sana: 04.07.2025 15:16:58
2025-yil 30-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining VMQ-400-son qarori qabul qilinib, Kon-geologiya vazirligi tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish, konchilik va sanoat korxonalari “Istisnolar ro‘yxati”ga kiritildi. Bu orqali ushbu korxonalarda yaqin qarindoshlarning birga ishlashiga belgilangan tartibda ruxsat berilishi nazarda tutilmoqda.
Mazkur qaror orqali “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK AJ”, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zbekko‘mir” AJ kabi strategik ahamiyatga ega yirik sanoat korxonalarining xodimlari manfaatlarining qonuniy himoyasi ta'minlandi. Bu hujjat manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf etishda yagona va aniq huquqiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Qarorning kuchga kirishi orqali tog‘-kon va metallurgiya sanoatidagi yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish, ularning o‘z joyida faoliyatini davom ettirishini ta'minlash, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda yirik investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur huquqiy asos yaratildi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish