Navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 01.12.2025 19:43:42.jpg)
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati majlislar zalida jamiyat faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va takliflarini eshitish, amaldagi islohotlarni yanada takomillashtirish uchun zarur xulosalar chiqarishdan iborat.
Onlayn muloqot davomida soha faoliyatiga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi, aholidan kelib tushgan murojaat va savollarga javoblar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan muammolarni joyida hal etish, tegishli bo‘lim va tuzilmalar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Mazkur platformaning muntazam ravishda tashkil etilishi sohaga nisbatan jamoatchilik ishonchini oshirish, ochiq ma’lumotlar maydonini kengaytirish, shuningdek, fuqarolarning fikr-mulohazalari asosida ish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
(1).jpg)
Oxirgi yangiliklar:
“Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida uchrashuv
“O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “TTUSZ” filialida “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda “TTUSZ” filiali rahbari D. Kamalov hamda Bosh di...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlarini realizatsiya qilish va aholiga yetkazib berish bo‘yicha
Ko‘mir narxlarining bozor tamoyillari asosida shakllanishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda ko‘mir mahsulotining narxi va sifati, yetkazib beruvchilarni tanlash...
O'qish
Jamoa shartnomasi: huquq, kafolat va imtiyozlar muhokama markazida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallarda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazishga qarati...
O'qish
Murojaat o‘z tasdig‘ini topdi: mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi
“O‘zbekko‘mir” AJ murojaatlar boti orqali fuqaro M.A. Xudoyberdievadan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan filiali Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan m...
O'qish