Konchilar diktant yozdi
Nashr qilingan sana: 19.10.2023 02:09:11"O'zbekko'mir" AJning O'quv markazi binosida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida dastlab ishchi-xodimlar o‘rtasida diktant yozish tanlovi, davlat tiliga doir bilimlar bo‘yicha sinov o‘tkazildi.
– Oxirgi marta maktab davrida diktant yozganman, – deydi "E va TT" filiali xodimi Ilhom Bozarboyev. – Ona tili va adabiyotiga qiziqqanim bois, doim undan a’lo baho olardim. Bunga ancha yillar bo‘lgandi. Bugun o‘zimni qayta sinab ko‘rdim. Yoshlikda olgan bilim baribir xotirada qolarkan. Hamkasblarimiz orasida birinchi o‘rinni oldim. Bunday sinovlarni ko‘p o‘tkazish kerak.
Ishchi-xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda "O'zbekko'mir" AJ Bosh direktorining Davlat tilida ish yuritish masalalari bo'yicha maslahatchisi A. Nosirov , aksiyadorlik jamiyatining o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari Davron Kasimov va markaz o'qituvchilari davlat tilining mamlakat va xalq hayotidagi o‘rni, bugungi kunda o‘zbek tilini o‘rganish va targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, ijodkor xodimlar tomonidan ona tilini ulug‘lovchi she’rlar o‘qildi. Bexato yozish bo'yicha a'lo bahoga loyiq ko'rilgan xodimlarga kitoblar sovg'a qilindi.
"O'zbekko'mir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shun...
O'qish
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish
Yangi o‘quv yili – yangi orzu va maqsadlar sari
Bugun yurtimiz maktablarida quvonchli ayyom – yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Bi...
O'qish
Men konchiman ‒ mehnatim bilan, ijodkorlik ‒ maslagim
Biz, tengdoshlarim bilan birga, Mustaqillik davrida tug‘ilib, shu muhitda ulg‘aydik. Eski davr qanday bo‘lganini kattalarimizdan eshitib, kitoblardan o‘qib bildik. S...
O'qish