Korrupsiyaga qarshi kurashish– barchaning ishi
Nashr qilingan sana: 05.10.2023 05:42:515 oktyabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Poraxo‘rlik va ta’magirlikning ayanchli ahvoli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Jamiyat Ijro apparati majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda tizimdagi korxonalar, ijro apparati boshqarmalar, xizmatlar va bo‘lim boshliqlari va xodimlari, o‘qitishdan o‘tgan xodimlar ishtirok etdi.
Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i E.E.Amanov boshqarib borgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori ijrosini ta’minlash, tizimdagi xodimlar uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, tashkilotdagi manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish mavzusiga bag‘ishlandi.
Ta’kidlandiki, korrupsiya – har qanday davlatning, jamiyatning taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘luvchi, ijtimoiy hayot barqarorligiga tahdid soluvchi xavfli illat sanaladi. Agar bu illatning oldi olinmasa, mamlakatda haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi. Bu isbot talab qilmas haqiqatdir.
Tadbirda jamiyat vakillari korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, yangi texnika biriktirish, ishga qabul qilish, kasbdan kasbga o‘tkazish, ustama haq yozish uchun ta’magirlik qilish va boshqa shu kabi holatlarga duch kelinsa, ishonch telefonlari va ijtimoiy tarmoqlardagi botlar orqali murojaat qilish korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirishga xizmat qilishi, bunda jamoatchilik ishtiroki muhimligi qayd etib o‘tildi. Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish keskin kuchaygani, tamagir va poraxo‘rlarga nisbatan jazo muqarrarligi eslatib o‘tildi.
Seminar-trening ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va fikr-mulohazalar bo‘yicha tashkilotchilar tomonidan tegishli javoblar olishdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xodimlar va tarkibiy bo‘linmalarning majburiyat va vakolatlari bo‘yicha o‘qish tashkil etilgan bo‘lib, ushbu o‘qishdan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbir “Nafs iskanjasi” nomli videofilm namoyishi bilan yakunlandi.
Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish
Yangi o‘quv yili – yangi orzu va maqsadlar sari
Bugun yurtimiz maktablarida quvonchli ayyom – yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Bi...
O'qish
Men konchiman ‒ mehnatim bilan, ijodkorlik ‒ maslakim
Biz, tengdoshlarim bilan birga, Mustaqillik davrida tug‘ilib, shu muhitda ulg‘aydik. Eski davr qanday bo‘lganini kattalarimizdan eshitib, kitoblardan o‘qib bildik. S...
O'qish
O‘z ishimni yaxshi ko‘raman: mehnatda o‘z o‘rnimni topyapman
Mustaqillik bayrami kunlarii barchada kayfiyat ko‘tariladi. Ko‘chalarda bayramona bezaklar, odamlarda shodlik, ish joylarida esa alohida harakat seziladi. “O‘zbekko‘mir”...
O'qish