Qishga ko‘mir jamg‘arishda e’tiborli bo‘laylik
Nashr qilingan sana: 24.09.2024 12:46:01#Ko‘mir_ta’minoti
Joriy 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va budjet tashkilotlariga jami 1 886,2 ming tonna, shundan aholiga 1 247,2 ming tonna, budjet tashkilotlari uchun jami 638,9 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet tashkilotlariga 352,6 ming tonna, (DXSH asosida tadbirkorlik sub’ektlariga 286,5 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan.
Ayni kunlarda respublikamiz iste’molchilarini joriy kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash ishlari jadal olib borilmoqda. Shu maqsadda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tasarrufida 90 ta respublika hududiy ko‘mir ombori va 13 ta shoxobchasi ishlab turibdi.
Shu kungacha (18-sentabr holatiga) budjet tashkilotlari uchun 319 621 tonna (91%) mahalliy ko‘mir ortib yuborildi, yetkazib berilgan yoqilg‘i hajmi 314 260 tonna (rejaga nisbatan 80%)dan oshdi.
Respublika aholisi uchun ortib yuborilgan mahalliy ko‘mir 274 287 tonna (rejaga nisbatan 21%)ni tashkil etadi. Yetkazib berish hajmi esa 244 372 tonna (rejaga nisbatan 19%)dan oshdi.
Respublikamizning olis va borish qiyin bo‘lgan hududlaridagi qishloq (ovul)larga 24 404 tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlandi.
Afsuski, mahalliy ko‘mirni xarid qilish uchun bir qator ijtimoiy soha muassasalari tomonidan hanuzgacha shartnoma tuzish ishlarini yakuniga yetkazilmagan. Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tashkilotlari bo‘yicha – 21,8 ming tonna, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari bo‘yicha – 2,3 ming tonna, Madaniyat vazirligi tizimi tashkilotlari bo‘yicha ‒ 130 tonna.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Xorazm viloyatlari kabi beshta hududda jami 24 275 tonnaga mahalliy ko‘mir yetkazib berish uchun shartnomalar tuzish ishlari amalga oshirilmagan. Natijada hududiy moliya organlari tomonidan moliyalashtirish ishlari hal etilmagan va moliyalashtirish ochilmagan.
Davlat-xususiy sheriklik asosida boshqariladigan ob’ektlar uchun 90,1 mlrd so‘mlik 104 ta shartnoma imzolanib, 121,8 ming tonna (rejaga nisbatan 58%) mahalliy ko‘mir ortib yuborildi, ushbu mahsulotning 97,9 ming tonnasi (rejaga nisbatan 47%) realizatsiya qilindi. Yetkazib berilgan mahalliy ko‘mir uchun 69,7 mlrd so‘m mablag‘ “Ko‘mir ta’minot” MCHJning hisob-raqamiga kelib tushgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumi uchun DXSH tadbirkorlariga ko‘mir mahsuloti yetkazib berish bo‘yicha “O‘zbekko‘mir”AJ hamda “Ko‘mir ta’minot” MCHJga xat orqali murojaati kelib tushgan, ammo shartnoma tuzish va moliyalashtirish ishlarini qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Bugungi kunda ko‘mirni qazib olishdan yakuniy iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish, mahsulotning aniq hisobini yuritish bo‘yicha “Ko‘mir ta’minot” MCHJ ish faoliyatini raqamlashtirish va samaradorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, jamiyatning Toshkent viloyat filiali hududiy omborlariga avtotarozilar avtomatlashtirish dasturini o‘rnatish reja-grafigi bo‘yicha Yangiyo‘l, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi ishlar yakuniga yetkazildi. O‘rta Chirchiq, Bo‘ka, Parkent, Angren omborlarida bu kabi tadbirlarni joriy oyning 25-sanasiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga Hukumat topshirig‘i bilan temir yo‘l stansiyalarida elektron vagon tarozilar o‘rnatishni moliyalashtirish yuzasidan puxta asoslantirilgan hisob-kitoblarini ishlab chiqish, keyinchalik amaliyotga tatbiq etish vazifasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga yuklatilgan. Ushbu tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilsa, ko‘mir yetkazib berishni raqamlashtirish tizimini to‘liq ishga tushirishda muammolarga o‘rin qolmaydi.
Sunnatillo Umarov,
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mahalliy ko‘mir qanday qazib olinadi?
Iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida, shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda ko‘mirdan foydalanish ancha qulay. O‘zbekiston esa yer osti qazilmalariga boy...
O'qishYong‘in xavfsizligi: amaliy ko‘nikmalar oshirilmoqda
Yong‘in xavfsizligi: amaliy ko‘nikmalar oshirilmoqda O‘lkamizga qish fasli kirib keldi. Ushbu mavsumda tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar xavfi kuchayadi...
O'qishSog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilingan tadbir
#1_dekabr_Jahon_OITSga_qarshi_kurash_kuni Bugun dunyoda global muammolar ko‘p. Shulardan biri OITS (orttirilgan immun tizimi sindromi)dir. Ushbu xastalik...
O'qishAholiga arzonlashtirilgan ko‘mir tarqatilmoqda
JamiyatTanlash Yurtimizda sovuq kunlar boshlanib, hamyurtlarimiz, ijtimoiy soha muassasalarining kuz-qish mavsumi bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari holatini ko‘r...
O'qish