Akademik rus drama teatri konchilar huzurida
Nashr qilingan sana: 20.06.2025 18:28:20“Milenkiy moy” spektakli tomoshabinlar qalbiga yo‘l topdi
Joriy yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri jamoasi “O‘zbekko‘mir” AJga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida “Milenkiy moy” spektakli namoyish etildi.
“Milenkiy moy” – bu inson qalbidagi mehr, kechirim, bag‘rikenglik va oilaviy qadriyatlar haqida hikoya qiluvchi ta’sirli dramatik asardir. Unda insonning ruhiy iztiroblari, og‘riqli tanlovlari va hayotdagi eng muhim tuyg‘ular – muhabbat va sadoqat yuksak badiiy ifodada sahnalashtirilgan. Asar nafaqat ma’naviy tarbiya, balki insoniy fazilatlar haqida chuqur mushohadaga chorlaydi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi PQ-399-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Mazkur qaror teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ijodiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
Ayni paytda, bu kabi tashriflar – davlat va jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishi, teatr san’atini ommalashtirish, yoshlarni badiiy yetuklik sari yetaklashda muhim omildir.
Spektaklni “O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati xodimlari, filiallar va konlarda mehnat qilayotgan konchilar tomosha qildilar va katta taassurotlar oldilar. Badiiy jamoa ijrosi, sahnadagi samimiylik va hayotiy obrazlar yuraklarga yo‘l topdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:


Ijro intizomi samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar
Joriy yilning 15 sentyabri kuni “O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining imkoniyatlari va uning amaliyotdagi a...
O'qish
“Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali ishchi-xodimlari milliy liboslarda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali jamoasi milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va ma’naviy merosimizni ken...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ "Avtomobil-texnologik transporti" filiali Milliy liboslar targ‘iboti davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir" AJ “Avtomobil texnologik transporti” filiali jamoasi Milliy liboslar kuni munosabati bilan har duma kuni o‘z mehnat faoliyatini milliy kiyiml...
O'qish