Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 06.04.2023 05:26:31"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bagʻishlab maʼnaviyat soati oʻtkazildi.
“Togʻ-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali faollar zalida tashkil etilgan tadbirda taniqli aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti Tesha Moʻminov ishtirok etib, oʻzbek davlatchiligining tarixan shakllanishiga Amir Temur qoʻshgan buyuk hissasi, sohibqiron bobomiz ulugʻ sarkarda va adolatli yoʻlboshchi sifatida oʻzbek elining faxri ekanligi haqida iftixor bilan soʻzladi. Sohibqiron bobomiz hayoti va faoliyatiga oid juda koʻp asarlar bilan tanishib chiqib, ulugʻ sarkarda siymosini yaratish baxtiga muyassar boʻlganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Oʻzbekiston xalq artisti Tesha Moʻminov tadbirda zavod ishchilarining zahmatli va sharafli mehnatini ulugʻladi. Istiqlol yillarida xalqimiz va davlatimiz erishayotgan yutuqlar, bu borada koʻmir sanoati sohasi xodimlarining munosib hissasi haqida toʻlqinlanib soʻzladi.
Ayni paytda ustoz artist muxlislari boʻlgan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytardi.
Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aktyor, Aleksandr Bekjonov ijrosidagi dilrabo qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Oxirgi yangiliklar:
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
"O‘zbekko‘mir" AJ da maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish
Har bir murojaatga yechim bor
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazadi. Matbuot anju...
O'qish