Avtomobil transporti xodimlari kuni munosabati bilan tabrik
Nashr qilingan sana: 28.10.2023 11:08:57Har bir kasbning oʻz oʻrni va masʼuliyati borligi hech birimizga sir emas, ammo shunday bir kasb borki ular odamlarning manzilini yaqin, ogʻirini yengil qiladi. Aksiyadorlik jamiyatimizda ham avtomobil transporti xodimlari kunini nishonlash urfga aylangan. Bu bejiz emas, koʻmir ustki qatlamini ochishdan tortib, mahsulotni vagonlarga yuklab joʻnatishgacha boʻlgan jarayonlarda soha vakillarining oʻrni beqiyos.
Korxonamiz faoliyati kengayib borar ekan, avtomobil transporti sohasiga boʻlgan eʼtibor va talab ham ortib bormoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan koʻmir sanoatini rivojlantirish maqsadida 80 mln. dollar miqdorda mablagʻlar yoʻnaltirilib, yangi texnikalar olib kelinmoqda. Endilikda haydovchilarimiz yanada shijoat va gʻayrat bilan yurtimiz aholisini koʻmir yonilgʻisi bilan taʼminlash yoʻlida hormay-tolmay mehnat qilishlari lozim.
Yilning toʻrt faslida, ob-havo sharoitidan qatʼiy nazar, konlarimizda ishlab chiqarish jarayoni bir zum toʻxtagani yoʻq. Konchilarimiz kunni tunga ulab koʻmir qazib olish va isteʼmolchilarga yetkazib berishdek sharafli ishlarini davom ettirmoqdalar.
Fursatdan foydalanib koʻmir sanoatimiz avtomobil transporti xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklayman. Azamat konchi-haydovchilarimizga va ularning oilaga baxt, omad tilayman. Yurtimiz hamisha tinch, mehnatimiz barakali boʻlaversin.
Abdunosir Qayumov,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish
Yashil makon: biz ekkan teraklar ko‘kka cho‘zar bo‘y
Xabaringiz bor, mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan. Joriy yilning 3-aprel kuni “Oʻzbekkoʻmir” AJda ana shu an’ana “Ya...
O'qish