Axborot xizmatlari rahbarlari uchun Media-forum tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 29.07.2024 03:10:28

Ma’lum qilinganidek, 26-27-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari rahbarlari uchun tashkil etilgan navbatdagi IV “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi Milliy konferensiya va uning doirasida Media-forum tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Milliy konferensiya ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar sabab matbuot kotiblarining faoliyatlari takomillashtirilgani, ularga keng imkoniyatlar ochib berilganini ta’kidlashdi.
Media-forum doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarda:
▫️Axborot xizmatlarining kampaniyalashgan holda ishlash mexanizmlari, sifatli media kontent yaratishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari;
▫️Axborot xizmatlari - 2030. Sunn‘iy intellekt imkoniyatlari va zamonaviy tendensiyalar mavzulari keng muhokama qilindi.
Media-forumning birinchi kunida, shuningdek, matbuot kotiblari “Media Quiz” intelektual bellashuvda sohaga oid turli mavzularda bilimlarini sinashdi.
Media-forumning ikkinchi kuni Spartakiada musobaqalari bilan davom etdi.
Bilimlar jangi va sport musobaqalari g‘oliblari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ikki kun davom etgan tadbirlarda matbuot kotiblari faoliyatlarida samarali aks etadigan malaka va tajribalarga ega bo‘lishdi.


Oxirgi yangiliklar:
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
"O‘zbekko‘mir" AJ da maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish
Har bir murojaatga yechim bor
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazadi. Matbuot anju...
O'qish