Bir kilogramm ko‘mirdan qancha elektr ishlab chiqariladi
Nashr qilingan sana: 24.09.2024 23:41:54

Respublikamizdagi ko‘mir yoqilg‘isiga ixtisoslashtirilgan issiqlik elektr stansiyalarida mahalliy va asosan Qozog‘istondan keltiriladigan import ko‘mirning omixtasidan foydalaniladi. Mazkur ko‘mirlar omixtasining issiqlik berish darajasi 3 000 kkalga keltiriladi.
Energetika vazirligi Axborot xizmati-ning “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdan olingan ma’lumotlarga tayanib xabar qilishicha, ushbu bir tonna omixta ko‘mirning o‘rtacha narxi olib kelish hamda yuklash xarajatlari bilan birga 425 ming so‘mni tashkil qiladi.
1 kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun xuddi shu omixta ko‘mirdan o‘rtacha 1,2–1,4 kilogramm sarflanadi. Aytish kerakki, ko‘mir stansiyasida elektr energiya ishlab chiqarish tannarxi tarkibida yoqilg‘i xarajatlari 60 foizni, mehnatga haq to‘lash xarajatlari 8 foizni, bino va energo uskunalarning eskirish xarajatlari 8,2 foizni, ta’mirlash xarajatlari 5 foizni, kurs farqidan zararlar 8 foizni, jalb qilingan kredit foizlari to‘lovlari 4 foizni, soliq to‘lovlari 1,5 foizni va boshqa xarajatlar 5,3 foizni tashkil qiladi.
Bugungi kunda ko‘mir yoqilg‘isiga ixtisoslashtirilgan issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish tannarxi qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan 848,4 so‘mga tengdir.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekko‘mir” AJda qazib olinayotgan ko‘mirning asosiy qismi Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari ehtiyojlari uchun yuklab yuboriladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Melsov Ruslan Maksetovich
28.09.2025 00:58:45Oxirgi yangiliklar:
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish
Ochiq eshiklar kuni: jamoatchilik bilan uchrashuv
2025-yil 15-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi....
O'qish
Qish keldi, ko‘mirdan muammo yo‘q...mi?
Bu savolga yorug‘ yuz bilan dadil javob berish uchun viloyatimizning har bir go‘shasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari puxta olib borildi. Qahraton kund...
O'qish
Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan spektakli namoyishi
“O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan filial xodimlari uc...
O'qish