Birlashgan kasaba uyushmasi raisining bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 16.05.2024 23:10:01Hurmatli konchilar!
Qadrli kasaba uyushmalari faollari!
Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni. Shu munosabat bilan barchangizni ushbu ayyom bilan qizg‘in muborakbod etaman.
Mamlakatimiz tabiiy xomashyo resurslari, xususan yer osti qazilmalariga boy va zahmatkash konchilarning mashaqqatli mehnati evaziga ular omilkorlik bilan qazib olinib, Vatan ravnaqi, el farovonligi yo‘lida sarflanmoqda.Bu borada Siz ko‘mir sanoati xodimlarining ham hissasi beqiyosdir.
Jamiyatimizda ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmlari yil sayin ortib bormoqda. Aynni paytda soha xodimlarining unumli mehnat qilishi va mazmunli xordiq chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan va yaratilmoqda.
Kasaba uyushmalari Siz aziz konchilarning mashaqqatli mehnatini hamisha yuksak qadrlaydi va har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Sizni an’anaviy kasb bayrami - O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bilan yana bir bor qizg‘in tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilayman. Mashaqqatli va sharafli ishlaringizda hamisha muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.
Abdumosir Qayumov,
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish