Bu yil banklar tadbirkorlik loyihalari uchun 6 milliard dollar resurs olib kelmoqda
Nashr qilingan sana: 20.08.2025 16:07:51Banklar kelgusi yilda aynan kichik va o‘rta tadbirkorlikni maqsadli qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shartlarda alohida 1 milliard dollar resurs jalb qiladi.
Shuningdek, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi “chempion tadbirkor”larni ko‘paytirish uchun bank orqali loyihalarga 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beradi.
Ishlab chiqarish, servis, yashil iqtisodiyot loyihalari uchun 500 million so‘mgacha tijorat kreditlari kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladi. Natijada har yili 100 mingdan ziyod tadbirkorlar oladigan kredit foizi 6 foizgacha pasayadi.
Avvalgi krediti bo‘yicha kompaniyadan kafillik olib, to‘lovni vaqtida qilgan tadbirkorlarga yangi kreditlar uchun kafillik miqdori 1,5 karra oshiriladi.
Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 milliard so‘mgacha kafillik olishi mumkin bo‘ladi.
Oxirgi yangiliklar:
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti va ishonch omili
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida shaff...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktorining bayram tabrigi
Hurmatli konchilar, konchilik va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayrami – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xo...
O'qish
Konchilar mehnatiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
Mamlakatimiz yer osti boyliklariga nihoyatda boy. Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida konchilik va metallurgiya sohasiga qaratilayotgan kat...
O'qish
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan “Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tart...
O'qish