Ekologik xavfsizlik ustuvor vazifaga aylanmoqda
Nashr qilingan sana: 22.05.2026 15:01:58Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF–46-son Farmoni bilan atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasi tasdiqlandi. Mazkur hujjat ekologiya, sanoat, energetika, qurilish va transport sohalarida ekologik nazoratni kuchaytirish hamda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Farmonga muvofiq, 2030-yilgacha atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish, PM2.5 zararli zarrachalari miqdorini qisqartirish, chang-gaz tozalash uskunalarini keng joriy etish hamda I va II toifadagi korxonalarda avtomatik monitoring tizimlarini o‘rnatish asosiy vazifalar etib belgilandi.
Mazkur talablar, avvalo, konchilik va sanoat korxonalari, jumladan “O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi ishlab chiqarish obyektlari faoliyatida ekologik xavfsizlikni yanada kuchaytirishni talab etadi. Farmonga asosan, issiqlik va energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarda avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish, chang-gaz tozalash uskunalarining samaradorligini nazorat qilish hamda ekologik ma’lumotlarni yagona geoaxborot bazasiga integratsiya qilish majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Shuningdek, korxonalarda energiya samarador texnologiyalarni joriy etish, chang-gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish va ekologik monitoring tizimlarini kengaytirish bo‘yicha yangi mexanizmlar belgilandi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan birga, atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi.
Farmonda transport va qurilish sohalariga oid ekologik talablar ham kuchaytirilib, “Avtomobilsiz kun”, ekologik stiker tizimi, “Yevro-4” va “Yevro-5” standartlariga bosqichma-bosqich o‘tish kabi chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Mazkur Farmon ekologik nazoratni raqamlashtirish, ishlab chiqarish korxonalarining ekologik mas’uliyatini oshirish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga, “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida faoliyat yurituvchi har bir xodim va mutaxassis ekologik qonunchilikdagi mazkur yangiliklardan xabardor bo‘lishi, belgilangan talab va me’yorlarga qat’iy rioya qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash har bir tashkilot va xodimning muhim vazifasi hisoblanadi.
Akbar Yoqubov, “O‘zbekko‘mir” AJ Ekologiya bo‘limi boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchilik...
O'qish
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish