Energiya samaradorligi – strategik vazifa
Nashr qilingan sana: 23.07.2025 15:32:56
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Jamiyat bosh direktori o‘rinbosari Erkin Yakubov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarma va bo‘limlar rahbar xodimlari ishtirok etdi. Muloqot davomida respublikamizda amalga oshirilayotgan “yashil energetika” islohotlari, energiya tejamkorligi bo‘yicha davlat siyosati yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlandiki, respublikamizda energiya resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Mazkur yo‘nalishda 2025-yil 27-iyun kuni Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.A. Aminov raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni amaliyotga joriy etish maqsadida “O‘zbekko‘mir” AJda qator chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, jamiyat bosh direktori tomonidan 2025 yil 16 iyulda 274-sonli buyruq qabul qilindi.
Yig‘ilishda bosh direktor o‘rinbosari E.Yakubov ta’kidlaganidek, jamiyatda amalga oshirilayotgan energiya tejamkorlik siyosati nafaqat ish jarayonida, balki xodimlarning shaxsiy hayotida ham namoyon bo‘lishi zarur. Shu munosabat bilan jamiyat xodimlariga o‘z xonadonlarida quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatish tavsiya etilmoqda.
Bu uskunalar nafaqat tabiatni asraydi, balki iqtisodiy jihatdan ham foydalidir. Xodim o‘z ehtiyojidan ortiq elektr energiyasini davlatga sotish imkoniga ega bo‘ladi. Agar xodimlar uskuna o‘rnatishda moliyaviy qiyinchilikka duch kelsa, jamiyatga murojaat qilish orqali ish haqidan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qurilmani sotib olishi mumkin. Bunda beriladigan qarz uchun hech qanday foiz undirilmaydi.
Ayni paytda, 500 kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi iste’mol qilayotgan rahbar-xodimlar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ularning “yashil energiya”ga o‘tishda ibrat ko‘rsatishi kutilayapti.
Yig‘ilishda ishlab chiqarish jarayonlarida ham energiya tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, “Temir yo‘l transpoti” filialiga umumiy sig‘imi 6 000 litr bo‘lgan quyosh geliokollektorlarini o‘rnatish topshirig‘ini qisqa vaqt mobaynida yakunlash zarur.
Shuningdek, energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, qonunbuzarliklarni aniqlash va ularga jinoiy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi huquqiy takliflar tayyorlash bo‘yicha vazifalar ham belgilab olindi.
Yig‘ilishda jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov so‘zga chiqdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 28-noyabrdagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-y...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish
Ochiq eshiklar kuni: jamoatchilik bilan uchrashuv
2025-yil 15-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi....
O'qish
Qish keldi, ko‘mirdan muammo yo‘q...mi?
Bu savolga yorug‘ yuz bilan dadil javob berish uchun viloyatimizning har bir go‘shasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari puxta olib borildi. Qahraton kund...
O'qish