Ertangi kun uchun Men befarq emasman
Nashr qilingan sana: 30.03.2023 09:34:52Har birimiz yosh boʻlganmiz, har bir oʻzbek oilasida boʻlgani kabi siz-u bizning uyimizda yozilgan va yozilmagan qonunlar boʻlgani tabiiy. Bugun, ulgʻaygach esa oʻsha davr va makondagi qoidalarning koʻpi oʻzgargani yoki takomillashib borayotganini sezaman. Albatta, dunyoda turgʻun qonuniyatlar ham mavjud. Misol uchun, jahon hamjamiyati tan olgan, yaʼni inson tugʻilishi bilan unga beriladigan huquqlar, yashash, taʼlim olish, saylash va saylanish kabi uzviy huquqlardir.
Insoniyat oʻzining bugun erishgan taraqqiyotigacha koʻp qiyinchiliklar, yaxshi va yomon kunlarni boshidan oʻtkazgani hech birimizga sir emas. Uzoqqa bormay, birgina bobolarimiz qatnashgan 2-jahon urushini misol qilib olaylik, Gitler boshchiligidagi hukumat fashistik gʻoyasi tamaddun boshiga nimalarni solmadi? Millionlab kishilar beayb dunyoni tark etdilar. Batahqiq, bu hayoti dunyoda zolim boʻlganlar, hatto ularning avlodlari ham jazosiz qolmaydi, hech boʻlmaganda umri taʼnalar soyasida kechadi. Bugun, esa oʻsha zulm koʻrsatgan xalqning avlodlari yangicha hayot, yangicha davlatchilik bunyod etishdi. Albatta, ularni kamchiliklardan holi deb boʻlmaydi. Ammo, hozirgi Yevropa Ittifoqining eng ilgʻor mamlakatlaridan biri ekanligi isbot talab qilmaydigan fakt sanaladi. Bunga ular qanday erishishdi?! Bu savolni har birimiz oʻzimizga bermogʻimiz kerak. Albatta, kelajakka qarab yashash ularni qora oʻtmishdan olib chiqdi.
Oʻzbekiston mustaqil davlat deya eʼlon qilinganiga salkam 32 yil toʻlmoqda. Ertangi kuni soʻroq ostida turgan, har bir nafasini Moskvaga qarab olgan xalq mustaqil kun kechira boshladi. Mustabid tuzum oʻz izini qoldirgani tabiiy, qanchadan-qancha oydinlarni yoʻqotdi yurtimiz. Ammo, hayot davom etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, xalqimiz kechagi – xalq emas. Dunyoqarashimiz oʻzgardi, zamon jadallashdi, dunyoda xavf-xatarlarning soni oshdi. Endi faqat ertangi kunimizni oʻylash har birimiz uchun hayot va mamot masalasidir.
Shaxsan oʻzim www.meningkonstitutsiyam.uz saytida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan tanishib chiqdim. Salkam 65 foizi oʻzgarishi kutilayotgan ushbu qomusimizda bugungi xalqimizning kundalik hayotidan tortib eng yuqori pogʻonalargacha oʻzgarishlarni aks ettirayotganini angladim.
Yangi Konstitutsiyamizda sogʻliqni saqlash, taʼlimdan to mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlashu, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishgacha normalar mustahkam oʻrin ajratilgan. Mening diqqatimni tortgan yana bir jihat, huquq himoyasi sohasidagi oʻzgarishlar boʻldi. Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi, har bir fuqaroning ixtiyoriga koʻra, davlat tomonidan kafolatlangan yuridik yordam olishi belgilanishi yana bir bor rivojlanayotgan Oʻzbekistonga, uning sud tizimiga boʻlgan ishonchni orttiradi.
Bugungi rivojlangan axborot asrida shaxs daxlsizligi har birimizni oʻylantirishi tabiiy, binobarin insonning shaxsiga tajovuzlarning turi kengaydi. Faqatgina huquqbuzarlarni jazolab biror narsaga erishish amri mahol. Bugungi KONSTITUTSIYA loyihasida esa hattoki aholi xonadonida tintuv oʻtkazish huquqi ham prokuraturadan sudga berilayotgani meni quvontiradi.
Ertangi kunimizga, hayot va turmush tarzimizga katta umid bilan, kelajak avlodlar uchun tajriba oʻlaroq tengdoshlarimni bugungi siyosiy kunlarda faol boʻlishga har bir berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, Yurtimiz, Xalqimiz rivoji uchun oʻz qarashlarini bildirishga chorlayman.
Abdunodir Nosirov,
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti magistranti,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb b...
O'qish
Milliy liboslar – millatimiz ko‘rki
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biridir. Ikki yuz...
O'qish
Zamonaviy texnologiyalar ‒ konchilar xizmatida
O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli ko‘plab foydali qazilmalar zaxirasiga ega. Biroq, yer osti boyliklarini xavfsiz va samarali o‘zlashtirish uchun mutl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir: Temir yo‘l xo‘jaligi ‒ ishonchli tarmoq
Ko‘mir sanoati ishlab chiqarishida hamma narsa o‘zaro bog‘liq. Qazib olish va tashish – bir-biridan ajralmas tushunchalar. “Uzbekko‘mir” AJning “Temiryo‘l transp...
O'qish