Fargʻona viloyati Koʻmir taʼminoti MChJda davra suhbati oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 16.11.2023 22:07:45Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni oldidan 16-noyabr kuni, "Ko'mirtaminot" MChJning Fargʻona viloyati filialida "O'zbekko'mir" AJ korrupsiyaga qarshi kurash komplayens nazorat tuzilmasi, viloyat hokimligi masullari, mahalla raislari va hududlardagi ko'mir ombori mudirlari ishtirokida ta'magirlik, pora berish kabi korrupsion harakatlarni oldini olish mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati tashkil etgan davra suhbatida korrupsiya holatlari davlat organlari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi alohida taʼkidlandi. Xususan, “Koʻmir taʼminot” MCHJning Fargʻona viloyat filiali tasarrufidagi Buvayda tuman koʻmir ombor mudiri A.I. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga moʻljallangan 413,8 mln. soʻmlik 1.364,3 tonna koʻmirlarni goʻyoki fuqarolar olganligi toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar tayyorlab, koʻmirni naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilgan. Sohada kuzatilayotgan ayrim ta'magirlik xolatlari tanqidiy tahlil qilindi. Qonunchilikda korrupsiyaga belgilangan jazo choralari yana bir bor eslatib o'tildi.
Ishchi guruhi viloyat rahbariyati va hududiy ko'mir omborlar mudirlariga ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid bandlar kiritish toʻgʻrisida "Qoʻshimcha kelishuv" ning mazmun mohiyatini atroflicha tushuntirib o'tildi.
Tadbirda ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
https://t.me/uzbekcoaluz
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish