Gʻamho‘rlik va e’tiborga loyiqdirsiz, aziz ayollar!
Nashr qilingan sana: 07.03.2024 10:57:05
Qadrli konchi-ayollar!
Sizni va Sizning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni Birlashgan kasaba uyushmasi faollari nomidan ezgulik va go‘zallik bayrami 8 mart — Xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar Siz – ayollar sha’niga bag‘ishlangandir. Bu bejiz emas. Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi.
Vatanimiz taraqqiyotida, xususan, respublika ko‘mir sanoatini rivojlantirishda Sizlarning alohida o‘rningiz bor. Biz Sizning nafaqat boshqaruv va ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy jabhalardagi faolligingizni alohida qadrlaymiz. Jamoa shartnomasida Siz aziz xotin-qizlar manfaatlariga xizmat qiladigan g‘amxo‘rliklarni muttasil amalga oshiramiz. Zero, barchangiz g‘amho‘rlik va e’tiborga loyiqdirsizlar.
Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin! Hamisha sog‘-omon bo‘ling, azizlar!
Abdunosir Qayumov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish