Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
Nashr qilingan sana: 27.02.2026 10:20:042026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekko‘mir va NITU MISiS o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda “Angren” ko‘mir koni, “Apartak” ko‘mir koni hamda “ShUKQO” filiallari mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Dastlabki muloqot davomida korxonalarda ilmiy yechim talab etayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi – ko‘mir qazib olish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish, konlarda qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Institut vakili, dotsent Muxidin Kosimov avvalgi yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan taqdimot qildi. Xususan, kon ichki avtoyo‘llarini talab darajasida barpo etish hamda portlatish ishlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida ushbu materiallardan amaliyotda foydalanish maqsadida tegishli texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
“ShUKQO” filiali bosh muhandisi J. Alimqulov shaxtada olib borilayotgan ish jarayonlari haqida ma’lumot berib, ayrim texnikalar va texnologiyalar ma’naviy jihatdan eskirganini, yong‘in o‘choqlari mavjudligi sababli ayrim zaxiralardan to‘liq foydalanish imkoni cheklanayotganini qayd etdi.
Shuningdek, olimlar tomonidan “Angren” ko‘mir koni ichki omborlarida to‘planib borayotgan kulligi yuqori ko‘mirni boyitish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqish masalasi ham ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘tarilgan barcha masalalarni chuqur o‘rganib, ilmiy yechimlar ishlab chiqilgandan so‘ng navbatdagi uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.
Qutlug‘ Teshaboyev,
Tashqi iqtisodiy aloqalar va innovvatsiya bo‘limi boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish