Har juma – milliy iftixor ifodasi!
Nashr qilingan sana: 13.06.2025 15:16:06
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda.
Ushbu an’ana ijro apparatidanoq tortib filiallargacha izchil davom etmoqda. Xodimlar ish joyiga o‘zbek milliy liboslarida kelib, qadimiy an’analarimizni hayot tarziga aylantirishmoqda.
Milliy libos – nafaqat kiyim, balki tarix, madaniyat, falsafa va xalq ruhiyatining timsolidir. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiatga munosabati va o‘ziga xos didini o‘zida mujassam etadi.
Ayniqsa, o‘zbek do‘ppisi – milliy shijoat, ma’naviyat va badiiy did ramzi sifatida yuksak qadrlanadi.
▪️ Toshkent do‘ppisining soddaligi, oq-qora kontrasti va “qalqon” naqshlari xalqning poklik va hayotga jiddiy munosabatini bildiradi.
▪️ Andijon do‘ppisining murakkab “chakich” uslubidagi mayda gullari nafislik, pazandalik va didlilik timsolidir.
▪️ Marg‘ilon do‘ppisidagi an’anaviy “chakan” naqshlar ipak yo‘li madaniyatining jilosi ва hunarmandchilik an’anasining davomidir.
▪️ Shahrisabz do‘ppisining to‘rtburchak shakli va geometrik soddaligi qadimgi voha xalqlarining sodda va bardavom turmush tarzini aks ettiradi.
▪️ Buxoro do‘ppisidagi “islomi” uslubi esa diniy-falsafiy g‘oyalar, ilm-ma’rifatga intilish va madaniy boyliklarni eslatadi.
“Milliy liboslar kuni” – bu nafaqat milliylikni asrash, balki jamoada birlik, ijobiy ruh va ko‘ngil ko‘tarinkiligi yaratish demakdir.
Fotosuratda: Jamiyat Tashqi va ichki xaridlar boshqarmasi boshlig‘i Abror Egamberdiyev hamda boshqarma yetakchi mutaxassisi Inomjon G‘aziev ish jarayonida.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Kiberxavfsizlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
13-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik markazida “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida “Kiberxavfsizlik: mutaxassislar va yoshlar muloqoti” mavzus...
O'qish
Angren ‒ O‘zbekiston ko‘mir sanoatining markazi!
13-iyun – kon zaxiralari boy, sanoati yuksak, tarixi sharafli Angren shahriga rasmiy asos solingan kun. 1946-yilning aynan shu kuni “Angrenshaxtstroy” posyolkasi...
O'qish
Raqamli yondoshuv – yangi zamonaviy imidj sari qadam
Yurt taraqqiyoti, uning tashqi va ichki imiji nafaqat siyosiy-iqtisodiy islohotlarga, balki ularning amalda qanday tatbiq etilayotganiga ham chambarchas bog‘liq. Yangi O‘...
O'qish