Ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha ko'p qavatli uylar oʻrtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi
Nashr qilingan sana: 29.09.2023 12:13:52Farmonga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan davlat oʻrmon fondi uchastkalari faqat “E-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi.
2023-yil 1-iyuldan chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi.
2023-yil 1-dekabrdan quyidagi yerlarda elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalari barpo etiladi:
— Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyat boʻysunuvida boʻlgan shaharlar hududlaridagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, sigʻimi 100 avtomobildan ortiq boʻlgan avtoturargohlar hamda bozorlar hududida;
— “Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori avtomagistral yoʻllarida joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, savdo va koʻngilochar markazlari hududida.
“Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorining choʻl va sahro qismida quyosh elektr stansiyalarini qurgan holda birinchi 50 ta elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 mln soʻm subsidiya sifatida ajratiladi.
2023-yil 1-iyuldan “Chiqindilarni ommaviy yigʻish” (OʻzPlogging) umummilliy harakati tashkil etiladi.
Shuningdek, farmonga koʻra:
— “Tabiatga mehr” innovatsion va intellektual loyihalar tanlovi oʻtkaziladi;
— “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni) uchun tanlov eʼlon qilinadi;
— “Yosh ekologlar” harakati koʻkrak nishoni taʼsis etiladi;
— maktablarning Milliy oʻquv dasturiga “ekosoat” darslari kiritiladi.
2024-yil 1-yanvardan Nukus shahrida:
— ichimlik suvidan foydalanish boʻyicha koʻp qavatli uylar oʻrtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi;
— yil yakuniga koʻra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortigʻi belgilangan meʼyorlardan kam suv ishlatgan 20 ta koʻp qavatli uylar ragʻbatlantiriladi;
— gʻolib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul oʻrnatib beriladi.
Mazkur tajriba 2025-yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.
Farmonga koʻra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) tashkil etildi.
2023-yil 1-iyulgacha Respublikada tashkil etiladigan ekologik aksiyalar maxsus platformasi ishga tushiriladi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb b...
O'qish
Milliy liboslar – millatimiz ko‘rki
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biridir. Ikki yuz...
O'qish
Zamonaviy texnologiyalar ‒ konchilar xizmatida
O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli ko‘plab foydali qazilmalar zaxirasiga ega. Biroq, yer osti boyliklarini xavfsiz va samarali o‘zlashtirish uchun mutl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir: Temir yo‘l xo‘jaligi ‒ ishonchli tarmoq
Ko‘mir sanoati ishlab chiqarishida hamma narsa o‘zaro bog‘liq. Qazib olish va tashish – bir-biridan ajralmas tushunchalar. “Uzbekko‘mir” AJning “Temiryo‘l transp...
O'qish