Iste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Nashr qilingan sana: 18.11.2024 06:07:41Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masalalar mutasaddilar tomonidan tezkor o‘rganilmoqda va joyida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
15-noyabr kuni "O‘zbekko‘mir" AJ telegram boti (@uzbekcoal_bot)ga Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani O‘rtaqishloq MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Saydullo Ahmadjonovdan mahalliy ko‘mir xarid qilishda muammoga duch kelayotgani haqida audio murojaat kelib tushdi.
Murojaat mutasaddilar ishtirokida tezkor ko'rib chiqilib, shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi va murojaatchining talabi qondirildi. (https://t.me/Nemat_Dushayev/3114)
Hurmatli fuqarolar!
Mahalliy ko‘mir xaridi chog‘ida muammoga duch kelsangiz yoki taklif va mulohazalar, savollaringiz bo‘lsa, quyidagi "Ishonch telefon"lari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
▪ ️“Ko‘mir ta’minot” MCHJ - 71-244-38-28.
▪ ️“O‘zbekko‘mir” AJ Ishonch telefoni - 78-148-30-03.
Shuningdek, matnli hamda audio va videomurojaatlar @uzbekcoal_bot manzilida ham qabul qilinadi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Oxirgi yangiliklar:
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
"O‘zbekko‘mir" AJ da maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish
Har bir murojaatga yechim bor
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazadi. Matbuot anju...
O'qish