Jamoa shartnomasi takomillashtirilmoqda
Nashr qilingan sana: 04.04.2023 05:09:04Ayni kunlarda mehnat jamoalarida Jamoa shartnomalarining 2022 yildagi bajarilishi yuzasidan hisobot tadbirlari oʻtkazilib, Jamoa shartnomalari Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi talablari darajasida qayta koʻrib chiqilmoqda.
Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan oʻz vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat toʻgʻrisidagi huquqiy hujjatdir.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparati faollar zalida Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga muvofiq Jamoa shartnomasiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Qayumov boshqarib borgan yigʻilishda filiallar rahbarlari, mehnat va ish haqi boʻlimlari, xodimlar boʻlimlari boshliqlari hamda tegishli boshqa boʻlimlar va xizmatlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda filiallarda oʻtkazilgan hisobot yigʻilishlarida Jamoa shartnomasi boʻyicha berilgan takliflar umumlashtirilgan holda koʻrib chiqildi va yangi takliflar berildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish
Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:...
O'qish
Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish
Milliy libos – faxru iftixor ramzi
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi milliy an’analarni saqlash va targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Aksiyadorlik jamiyatida milliy urf-odatlar va an’analarni qadr...
O'qish