Ko‘mir sanoati: yoqilg‘ini shaxta usulida qazib olish
Nashr qilingan sana: 24.03.2025 06:13:52
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan qattiq yoqilg‘i hech qanday begona aralashmalarsiz, sof mahsulotligi bilan ajralib turadi. Filialda 254 nafar kishi faoliyat yuritadi.
Shaxtyorlarning mehnati og‘ir va mas’uliyatli. Ular kuniga 154 tonnadan ortiq ko‘mir qazib, bir oyda 4 750 tn. ming tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Ma’lumki, yoqilg‘i-energetika majmuida ko‘mir sanoati tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarishda mavjud resurslardan samaraali foydalanish uchun ko‘mir yoqilg‘isiga ham kata e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda qazib chiqarish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirish vazifasi qo‘yilmoqda. Respublikamiz bo‘yicha o‘tgan yili 8,4 mln tonna qattiq yoqilg‘i qazib olingan bo‘lsa, joriy yildja bu ko‘rsatkichni 9 mln tonnaga yetkazish belgilangan.
Ahil jamoamiz bu borada belgilangan reja-topshiriqlarni doimo ortig‘i bilan bajarib kelmoqda. Shunga yarasha, Jamoa shartnomasi asosida konchilarning huquq va manfaatlari ta’minlangan.
Hozirda korxonada bitta ko‘mir qazib olish uchastkasi faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, yana bir yangi kon uchastkasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Jahongir Mutalipov, Jamol Alimqulov, Normamatov Xumoyun, Kadыrkulov Miraziz, Alisher Maxsudov, va Ro‘zmat Shukurov kabi rahbar-mutaxassislar mazkur uchastka loyihasini 2023-yilda ishlab chiqqan bo‘lib, hozirda yer ostida ko’mir kazib olish ishlari va lahm qazish ishlari jadal olib borilmoqda.
Jarayonda filialga maxsus ishlov berilgan qarag‘ay yog‘ochlari olib kelinib, kon lahmlarini mustahkamlashda foydalanilmoqda.
Korxonada eng muhim omil – intizom! Yer ostida faoliyat yuritadigan konchilar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart. Shu sababli, har bir smena oldidan 20 daqiqalik xavfsizlik yo‘riqnomasi o‘tkaziladi. Unda tajribali va yosh konchilar birgalikda ishtirok etadi.
Mehnat jamoamizda xotin-qizlar ham yuritadi. Ular yer ustidagi turli vazifalarni bajaradilar. Lampachi Zulfiya Abdieva ana shunday fidoyi ayollardan biri. U konchi konchilar sulolasi vakili bo‘lib, 25 yildan beri korxonada sidqidildan mehnat qilib kelmoqda. Faoliyati munosib e’tirof etilib, u xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati – O‘zbekistonda ko‘mir qazib oluvchi va yetkazib beruv yetakchi korxona. Uning tasarrufidagi “Angren” va “Apartak” konlarida ko‘mir ochiq usulda, shaxtada esa yopiq usulda qazib olinadi. 2024- yilda Angren konchilari ilk bor 6,8 mil million tonnalik marrani egalladilar. Respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich 8,4 million tonnani tashkil etdi. Joriy yilda respublika bo‘yicha 9 million tonna ko‘mir qazib chiqarish rejalashtirilgan. Bu borada “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali jamoasining ham munosib ulushi bo‘ladi.
Ayni paytda “ShUKKO” filiali “Angren” ko‘mir havzasida ko‘mirni shaxta usulida qazib oluvchi yagona korxona hisoblanadi.
Shaxta tarixi: 9-shaxta (hozirgi kunda “ShUKKO” filiali) 1948-yilda o‘z ish faoliyatini boshlangan 1949-yilda konchilar deyarli 130 ming tonna ko‘mirni yer yuzasiga olib chiqdilar. 1951-yilda 9-shaxta 2-bis shaxtasi bilan birlashgandan so‘ng ishlab chiqarish quvvati yiliga 500 ming tonna ko‘mirga ko‘tarildi. O‘rtacha sutkalik ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 9-shaxta sobiq Ittifoqning 72 ta eng yirik konlari qatoriga kirgan.
Shaxob Nimatullayev,
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali
rahbari vazifasini bajaruvchi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish