Официальная позиция по поводу информации о показателях качества угля и безадресных критических замечаний
Дата публикации: 21.11.2025 22:36:29“XXI asr” gazetasining shu yil 20-noyabrdagi sonida chop etilgan “Gap ko‘p-u, ko‘mir ozmi?!” sarlavhali maqolada aholini ko‘mir bilan ta’minlash masalalari bayon etilgan bo‘lib, unda ko‘tarilgan dolzarb nuqtalarga e’tibor qaratilib, muammolar bo‘yicha jamoatchilik fikriga quloq tutilayotgani uchun tahririyatga minnatdorchilik bildiramiz. Tanqidiy materiallar kamchiliklarni aniqlash, vaziyatni nazorat qilish va tizimni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq maqolada keltirilgan ayrim ma’lumotlar mutaxassislar bilan kelishilmagani, texnik tushunchalar noto‘g‘ri talqin qilingani va ayrim ayblovlar manzilsiz keltirilgani sababli jamoatchilikda noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan qator masalalar yuzasidan aniqlik kiritish zarur, deb hisoblaymiz.
Joriy yilgi kuz-qish mavsumida aholini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-iyuldagi 453-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. Unga muvofiq aholi uchun 1 million 467,7 ming tonna ko‘mir ajratilgan. Hozirgi kunda kunlik ortib yuborish hajmi o‘rtacha 15 ming tonnani tashkil etmoqda. Ko‘mir respublika bo‘ylab “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli 103 ta ombor va shoxobchalarga vagonlarda yetkazilmoqda hamda mycoal.uz elektron platformasida shakllantirilgan ro‘yxat asosida aholiga tarqatilmoqda. Aholi uchun bir tonna ko‘mirning narxi 309 800 so‘m etib belgilangan.
Maqolada omborlarda imtiyozli ko‘mirning “kechasi saralanib, yirigi tadbirkorga, maydasi aholiga” tarqatilayotgani haqida asoslanmagan da’volar keltirilgan. Biroq bu borada hech qanday aniq manzil, sana, fakt yoki dalillar ko‘rsatilmagani bois holatni o‘rganish va tegishli choralar ko‘rishda qiyinchilik tug‘diradi. Agar jurnalistda aniq manzil, videoyozuv, fotoma’lumot yoki boshqa tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ularni taqdim etish tekshiruv o‘tkazish va mas’ullarga nisbatan chora ko‘rish imkonini beradi.
Maqolada ko‘mir sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham noto‘g‘ri talqinlar uchraydi. Jumladan, namlik ko‘rsatkichi ko‘mirga sun’iy ravishda suv qo‘shilayotgandek talqin qilingan. Aslida namlik ko‘mirning tabiiy holatidagi ichki suv miqdori bo‘lib, unga qo‘shimcha hech qanday suv qo‘shilmaydi. Kulchanlik esa mahsulot yongandan so‘ng qoladigan mineral qoldiqlar miqdori hisoblanadi.
Aholiga tarqatilayotgan ko‘mir 2BZR markasidan iborat bo‘lib, uning fraksiyasi 0–700 mm, kulchanligi 17 foiz, namligi 40 foiz, kaloriyasi 3200 kkal/kg va mineral aralashmalar miqdori 3 foizni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar texnik reglamentlar va laboratoriya nazorati asosida doimiy ravishda tekshirilib boriladi.
Maqolada aholiga sifatsiz ko‘mir briketlari yetkazib berilgani ham tilga olingan. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ko‘mir briketi yetkazib bermaydi. Aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri konlardan qazib olingan va belgilangan marka va sifat talablariga mos mahalliy ko‘mir tarqatilmoqda.
Omborlarda ko‘mir bepul yuklab beriladi, uygacha yetkazib berish xizmatini esa xaridor mustaqil ravishda tanlaydi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, ko‘mir sifatini uning tashqi ko‘rinishi – yirik yoki mayda fraksiyada ekaniga qarab baholash mutlaqo noto‘g‘ri. Har ikki fraksiya yonuvchanlikda va issiqlik berish darajasida bir xil xususiyatga ega. Sifatning asosiy o‘lchovi – kaloriyasi, kulchanligi, namligi va mineral aralashmalar miqdori hisoblanadi.
Ochiq kondan qazish, kon texnikalari va vagonlarga ortish hamda tushirish jarayonlarida bo‘laklari yirik bo‘lgan ko‘mirlar ham maydalanishi kuzatiladi. Lekin aytish joizki, mayda ko‘mir ham yirik kabi bir xil issiqlik beradi. Yirik ko‘mir yonishida sekin alanga olsa, mayda ko‘mir tezroq qizishi va uzoq vaqt issiqlik ushlab turishi bilan ajralib turadi. Ularni aralash holatda yoqish esa eng yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi.
Bugungi kunda zamonaviy isitkichlar (pech) urfga kirmoqda, ularning ko‘pchiligi aynan mayda (kukun holatidagi) ko‘mirga ixtisoslashgan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan samarador hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, “XXI asr” gazetasidagi tanqidiy maqola aholini o‘ylantirayotgan masalalarga e’tibor qaratgani bilan muhim ahamiyatga ega. Tanqid va fikr-mulohazalar doim qadrlanadi va har bir asosli murojaat bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Biroq mavzu chuqur o‘rganilmay yoritilganda yoki manzilsiz ayblovlar bildirilganda, bu jamoatchilikda noto‘g‘ri tasavvurlar uyg‘otishi mumkin.
Hozirgi kunda aholini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash ishlari belgilangan reja asosida, ochiq va jadal tarzda davom ettirilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Комментарии
Последние новости:
Обсуждены инновационные подходы в добыче угля
В рамках подписанного меморандума о сотрудничестве между АО «Узбекуголь» и Алмалыкским филиалом НИТУ МИСиС была организована встреча с участием специалистов общества, про...
Читать
Мероприятия проводятся в рамках месяца борьбы с коррупцией
В АО «Узбекуголь» в рамках республиканского Месячника по борьбе с коррупцией проводятся системные мероприятия, направленные на повышение правовой культуры сотруднико...
Читать
Заявление об организации процессов поставок населению местного угля по льготным ценам
Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hudud aholisini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Vazirlar Mahkam...
Читать